Fan :
|
Ona tili
|
Sinf :
|
10-sinf
|
Chorak:
|
4-chorak.
|
Bo‘lim:
|
-bo‘lim.
|
Dars raqami:
|
53-dars.
|
Mavzu:
|
Odam va ekologiya. Matn ustida ishlash. Matnni qisqartirish.
|
O‘qituvchi:
|
Xasanova Yulduzxon Raximjon qizi
|
Tel:
|
+998909959563
|
|
Darsning maqsadi
|
Bilasiz
|
|
|
Bilib olasiz
|
,,Tabiat muhofazasi“ mavzusida matn yaratish;
mulohaza yuritish, faktik ma'lumotlarni tushunish;
|
Darsning mazmuni
|
mavzuni tushuntirish;
mavzuga oid qiziqarli topshiriqlar bajarish.
|
|
Mazmuni
|
|
|
ESDA SAQLANG
Tabiat muhofazasi
Tabiatdagi barcha mavjudotlar bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Tabiatning bir bo‘lagi bo'lgan inson ham tashqi muhit: yer, suv, havo va atrofida yashovchi boshqa barcha jonzotlarga bog'liq. Fan birinchi navbatda inson o'ziga zarar yetkazib qo'ymasligiuchun bizga bu nozik o'zaro bog'liqlikni tekshirish va aniqlashga yordam beradi. Bir vaqtlar bo'ri, tulki, kalxat kabi yirtqich hayvonlarni qirib tashlashga kirishilgan edi. Natijada bo'rilar kamayib ketgan joylarda bug'ular kasallikka uchrab qoldi, tulki va yirtqich qushlar bo'lmagan joylarda kemiruvchilar shu darajada ko'payib ketdiki, ular millionlab so'mlik g'allani yeb qo'ydi. Foyda o'rniga zarar ko'rildi.Shuning uchun ham tabiat muhofazasi yoki aniqrog'i, tabiiy muhit muhofazasi deyilganda, avvalo insonning o'zini himoya qilishini tushunamiz. Bu bizning kelajagimiz, bizdan keyin Yer yuzida saqlanib qoladigan yoki bizning aybimiz bilan butunlay yo'q bo'lib ketishi mumkin bo'lgan hayot muhofazasidir.
Jahondagi barcha olimlar ko'pdan beri tashvishga tushib qoldilar. Ular insonning tabiatga har qanday aralashuvi tabiat uchun zararli ekanligini isbotlab berdilar. Inson yer yuzida 240 turdan ortiq yovvoyi
hayvonni qirib yubordi. Bu hayvonlar va qirilib ketish xavfi ostida qolgan boshqa hayvonlar Tabiat va tabiat boyliklarini muhofaza qilish
xalqaro ittifoqining «Noyob va yo'qolib borayotgan hayvon turlari qizil kitobi»ga kiritilgan.
"Bolalar ensiklopediyasi"dan
BILIB OLING!
Matn- mazmunan o'zaro bog'langan gaplardan tuzilgan nutq parchasi.
Ilmiy matn ilmiy bilimlarga asoslangan tushuncha va nazariyalar haqida ma'lumot beradi. Bunday matnlarda biron bir hodisa yoki fakt qonuniyatlar va tamoyillar asosida o'rganiladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |