Fan: Adabiyot Mavzu: Mirtemir she’rlari tahlili
Download 443.1 Kb.
|
Mirtemir dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-guruh – “Tong”
“Mirtemir she’rlari tahlili” mavzusida tayyorlagan bir soatlik Fan: Adabiyot Mavzu: Mirtemir she’rlari tahlili Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad -o`quvchilarga Mirtemir she’rlarining badiiy, tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish; tarbiyaviy maqsad - chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash; shukronalik hissini uyg`otish, boy tariximizni ko`z qorachig`idek asrash, yurtga sadoqat hissini tarbiyalash. rivojlantiruvchi maqsad - o’quvchilar faolligi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish; ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o`rnatishga qiziqtirish; Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: slaydlar orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: O’zini-o’zi hurmat qilish tuyg’ularinishakllantirish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Dars turi: aralash Dars metodi: suhbat, savol- javob, “Kitob javonim”, “Bu men”, “Adabiyot qutisi” usullari Darsning jihozi: didaktik jihoz: darslik, ko`rgazmalar, vatmat texnik jihoz: proyektor, nootbuk Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a) salomlashish hamda navbatchi axborotini tinglash; b) davomatni aniqlash hamda tozalik nazorati; s) ma`naviy daqiqa. Dars shiori: “Intilganga tole yor” O`qituvchi: To tirikdirki tabiat To quyosh sochgayki nur, Uch egiz bordir tushuncha, Uch bu so`z yondosh bo`lur Mohir-u mehr-u mahorat Olim-u ilm-u amal Oshi-u ishq-u muhabbat Shoir-u she’r-u shuur Assalomu alaykum, hurmatli o`quvchilar va sinfimizga tashrif buyurgan mehmonlar! Atoqli shoir Erkin Vohidov so`zlari bilan aytganidek, “mehr va mahorat” bilan darsimizni tashkil etishga harakat qilamiz!O`quvchilar uchta guruhga bo`linadi. Guruhlariga nom, shior va sardor tanlaydilar. Guruhlarga mos ravishda nom tanlanadi:1-guruh – “Tong”2 - guruh – “Poytaxt”3-guruh – “Zafar”II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: O`tilgan mavzular “Kitob javonim”, “Adabiyot qutisi” va “Bu men” usuli orqali takrorlanadi. “Kitob javonim” usuli shu tarzda olib boriladi: O`qituvchi sinf doskasiga o`tilgan mavzuda o`zlashtirilgan ijodkorning surati yopishtirib qo`yadi. Shoirning surati yonida joy hozirlanadi. So`ng o`quvchilarga turli asarlar nomlari yozilgan qog`oz tarqatib chiqiladi. O`quvchilar ushbu asarlarni muallif yonidagi joyga to`g`ri yopishtirib chiqadilar. “Tanburim ovozi” Birinchi she’ri Birinchi she’riy to`plamidan keyin dunyo yuzini ko`rgan to`plamlari “Tong”
“Qay nashlar” “Zafar”
“Adabiyot qutisi” usulida o`qituvchi sinfga oldindan ichiga predmetlar solingan qutini tayyorlab qo`yadi. Quti ichidagi turli narsalarning ta’rifi o`quvchilarga aytiladi. Uch guruh o`quvchilari ta’riflar asosida quti ichidagi narsalarni nima ekanligini aniqlaydilar. Masalan: O`qituvchi: Bu narsa orqali “Uch og`a-ini botirlar” ertagidagi to`ti o`ldiriladi. O`quvchilar: Oq qog`ozga javoblarini yozadilar: Yoshartiruvchi mevalar “Bu men!” usulida o`qituvchi o`quvchilarga o`tilgan mavzularda tanishib chiqishgan asar qahramonlarining nomi yozilgan qog`oz tarqatib chiqadi. O`qituvchi aytgan qahramonlarning ta’riflari orqali bolalar o`zlariga berilgan nomlarni aniqlab, “bu men” deya o`rnilaridan turadilar. Masalan: O`qituvchi: Bu bola o`z tengqurlari orasida eng battoli edi. O`quvchi: Bu men Qosim III. Yangi mavzu bayoni. O`qituvchi yangi mavzuni slaydlar yordamida tushuntiradi: IV. Mavzuni mustahkamlash: Mavzuni “Intervyu” usulida mustahkamlanadi. O`qituvchi o`quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi? Siz Mirtemirning qaysi she’ridan tasirlandingiz? Siz ham baliq ovida bo`lganmisiz? Siz ertalab shudring holatiga guvoh bo`lganmisiz? Bulut nimaning darakchisi hisoblanadi? To`rg`ay qush ovozini eshitganmisiz? V. O`quvchilarni baholash va rag`batlantirish: Dars avvalida har bir guruhga taqdim etilgan daraxt surati o`qituvchi bergan mevalar bilan boyitib boriladi. Mevalarning rangiga va soniga qarab, g`olib guruh aniqlanadi. Yashil rangli meva – “5” baho Pushti rangli meva – “4” baho Qizil rangli meva – “3” baho VI. Uyga vazifa: Mirtemirning she’rlaridan yod olib kelish. Download 443.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling