Fan: Alifbe Mavzu: “Pp” tovushi va harfi Dars shiori: Dars Muqaddas
Download 31.57 Kb.
|
“Pp” tovushi va harfi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozi
- O`tilgan mavzuni so`rash
- Dam olish daqiqasi
- So’z tuzish” o’yini
- Darsni yakunlash
Fan: Alifbe Mavzu: “Pp” tovushi va harfi Dars shiori: Dars Muqaddas Dars maqsadi: o’quvchilarni “Pp” tovushi va harfi bilan tanishtirish hamda to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish lug’at boyligini oshirish Dars jihozi: “Harf xaltasi” , harf tasmasi, kesma harflar, “Alifbe” kitobi va darslikka mos rasm. Tashkiliy qism Salomlashish davomat kun yangiliklari O’quvchilarni darsga ta yyorgarligi nazarot qilish. O’quvchilar bilan yil fasllari, hafta kunlari haqida qisqacha suhbat uyushtiraman. O`tilgan mavzuni so`rash. O`quvchilar avvalgi darsda o`tilgan tovush. Harflarni takrorlaymiz. harf tasmasidan o`qiydilar. Yangi mavzu bayoni; Pp tovushi va p harfi. Yangi mavzu quyidagi o`yinlar dan foydalangan holda boshlash o`quvchilarning diqqatini bir joyga jamlaydi, yangi bilim olishga bo`lgan ishtiyoqini qiziqishini oshiradi. So`zdan tovushni ajratib ol’’ o`yini o`quvchilar diqqati doskada ilingan “ Pilla’’ rasmiga jalb qilinadi. Ular “Pilla’’ so`zini butunligicha va bo`g’inlarga bo`lib talaffuz qilishlari kerak. O`qituvchi.. “Pilla’’ so`zi nechta bo`gindan iborat. O`quvchi; “Pilla” so`zi ikki bo`gindan iborat Oqituvchi; Bu so`zda nechta tovush va harf bor? Xattaxtada pilla so`zining andozasini chizing o`quvchilar oynachalarga qarab P tovushini talaffuz qiladilar. p tovushi va unga xos xususiyatlar haqida tushuncha beradilar. Dam olish daqiqasi. Boqqa kirsam olmalar Qip- qizarib pishibdi Silkitibdi shamollar Yerga to`p-to`p tushibdi. Bo`gin tuzish o`yini O`quvchilar o`quvchilar boshchiligida unli harflar bilan “p” tovushidan foydalanib , bo’g’inlar tuzadilar: po, pa, pi, pu, po’.Bu bug’inlarni avval o’qituvchi o’qib beradi, keyin navbat bilan o’quvchilar o’qiydilar. Shu o’rinda bo’g’inlar ishtirokida so’zlar tuzish topshirig’i beriladi. O’quvchilar “ pilla”, “parta “, “posbon” kabi so’zlarni aytadilar. “So’z tuzish” o’yini. Xattaxtaga yozma harflar bilan “ko’prik”, “patir”, “kaptar”, “ipak”, “poyga” so’zlari ilingan. O’quvchilar kesma harflar yordamida shu so’zlarni yozadilar. “P” harfi so’zning qayerida kelayotganini aniqlaydilar. ”Darvoza” o’yini Bu o’yinda 2 nafar o’quvchi qo’llarini birlashtirib, darvoza shaklida turadi. Ularning orqasida o’quvchilar uchun tayyorlangan sovg’alar bo’ladi. Masalan qog’ozdan yasalgan gullar, mevalar shakli yulduzchalar,.O’qituvchi tomonidan o’yin ishtirokchilariga tarqatmalar beriladi. Ularga to’g’ri javob bergan o’quvchi darvozadan o’tib hohlagan sovg’asi olish huhquqiga ega. O’qituvchi tarqatmalarni qiziqarli usulda, ya’ni shar ichida gul barglarida mevalarga yozgan holda tayyorlash lozim. Darsni yakunlash bu kabi o’yinlardan foydalanish, yangi mavzuning o’quvchilar xotorasida mustahkam o’rnatishiga xizmat qiladi. Dars yakunida o’quvchilarning ballari yigiladi, va darsga faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Uyga vazifa “ Pp” tovushini o’rganib kelish. Download 31.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling