Fan: Alimova Dilafro’z Iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi


Download 2.03 Mb.
bet3/3
Sana10.11.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1763220
1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Yerdan ko`p maqsadli foydalanish

iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning muhim ob'ekti sifatidagi rolini yanada kuchaytirdi. O'z navbatida, jamiyat va iqtisodiyotning taraqqiy etib borishi bilan yerdan ko'p yo'nalishli maqsadlarda foydalanish talablari murakkablashib bormoqda, yerdan foydalanish shakllari va xususiyatlari o'zgarib bormoqda, bu holatlar yerning dialektik, muntazam o'zgaruvchan xususiyatini belgilab beradi.


Jamiyatda yerning faoliyat shakllariga quyidagilar kiradi: qishloq va o'rmon
xo'jaligida – asosiy ishlab chiqarish vositasi; qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan moddiy ishlab chiqarish, transport, savdo va xizmat ko'rsatish tarmoqlarida – ishlab chiqarish vositasi; ijtimoiy va rekreatsion sohalarda – jarayonlar uchun amaliyot bajarish makoni; yer bozori yoki yerga ijara huquqi mavjud bo'lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida – tovar.
Ma'lum bir ilmiy adabiyotlarda yer amaliyot bajariladigan makon sifatida foydalanish fakti qayd etilsa-da, yerning ijtimoiy va rekreatsion samaradorligini aniqlash va baholash, jamiyat tomonidan yerdan foydalanish samaradorligini baholash borasida izchil o'rganilgan chuqur tadqiqotlar mavjud emas. Yerdan foydalanishning ekologik jihatlari ham yetarli darajada o'rganilgan emas.
Mamlakat iqtisodiyotining, jumladan yerdan foydalanishning bozor
iqtisodiyotiga o'tishi bilan mazkur muammolar naqadar dolzarb ekanligi ma'lum bo'ldi.
Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (ijtimoiy, rekreatsion, tabiatni muhofaza qilish)da resurs sifatida foydalaniladi. Shu sababli, yerdan foydalanish usullarini o'rganishda uning ishlab chiqarish va noishlab chiqarishda iste'moli nazarda tutilishi kerak, bu esa yerdan foydalanishning ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi ahamiyatini belgilash imkonini beradi.
Yerdan tabiiy resurs sifatida foydalanish uning asosiy xususiyatlari bilan bog'liq. Jamiyat faoliyatining turli sohalarida foydalanadigan yer boshqa ishlab chiqarish vositalariga o'xshamaydigan, faqat o'ziga xos xususiyatlarga ega. Maxsus adabiyotlarda, ko'pincha, yerning quyidagi xususiyatlari keltiriladi:
  • Ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanadigan yer tabiiy tarixiy jism bo'lib, ishlab chiqarishning boshqa vositalari inson mehnati natijasi bo'lgani holda, yer – tabiat mahsulidir.
  • Ishlab chiqarish jarayonida yer boshqa joyga ko'chmaydi, uning joylashgan o'rni

  • o'zgarmas bo'lib qoladi. Undan farqli ravishda, ishlab chiqarishning ko'pgina vositalarini transportirovka qilinadi va zarurat tug'ilganida, makonda o'z o'rnini o'zgartira oladi. Shu sababli, yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida imkon qadar to'liq va oqilona foydalanish maqsadida korxona hududini shakllantirishda ishlab chiqarishning barcha elementlarining to'g'ri joylashuvini nazarda tutish kerak bo'ladi.
  • Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalarining barchasining moddiy va ma'naviy eskirishi yuz beradi. Buning natijasida, ulardan foydalanish samarasi pasayadi yoki butkul yo'qoladi va ishlab chiqarish sohasidan soqit bo'ladi. Qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligida ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida yer undan to'g'ri foydalanilganida, nafaqat emiriladi, aksincha, yaxshilanib boradi – uning unumdorligi ortadi.
  • Yerning ustki qatlami tabiiy tarixiy jism bo'lib, yer sharining quruqlik qismi cheklangan va miqdori o'zgarmasdir. Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida boshqa turdagi ishlab chiqarish vositasi bilan umuman

  • almashtirib bo'lmaydi. Shu bilan bir paytda, ishlab chiqarishning boshqa vositalari ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish jarayonida uzluksiz miqdoriy o'zgarishi va zarurat tug'ilganida, biri boshqasi bilan almashtirilishi mumkin.
  • Yer – planetadagi barcha mavjudot, jumladan insonning ishlab chiqarish vositasi sifatidagi faoliyatni

  • ta'minlovchi barcha tabiiy resurslar va iqtisodiy muhit elementlarining saqlanib qolish asosidir.
  • Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish jarayonida yer va ishlab chiqarishning boshqa vositalari bo'lgan

  • irrigatsion kanallar, yo'llar, kollektor-drenaj tarmoqlari, gidrotexnik va dala inshootlari chambarchas
    bog'liqdir.
  • Qishloq xo'jaligida yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanish boshqa tabiiy omillar (elektr nuri, suv, havo, issiqlik) bilan kompleks ravishda amalga oshiriladi. Yerning bunday xususiyati texnologiyalarning hududlarga moslashtirilishi, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini to'g'ri joylashtirilishi, alohida region, rayon, korxonalarning ixtisoslashtirilishiga ta'sir ko'rsatadi.
  • Ishlab chiqarishning barcha vositalari mehnat taqsimoti jarayoniga zamin hozirlaydi, yerdan ratsional foydalanish esa, qishloq xo'jaligi ekinlarini almashlab ekish, tarmoqlarning uyg'unlashtirishni talab etadi. Yerning

  • ushbu xususiyati tor sohalarga ixtisoslashgan qishloq xo'jaligini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
  • Ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida yerdan faqat vegetatsion davrda foydalaniladi, ishlab chiqarishning boshqa vositalaridan esa yil bo'yi, uzilishlarsiz foydalaniladi.
  • Yerni tabiiy resurs sifatida bozor munosabatlariga jalb etilishi unga tovarlik xususiyatini beradi, yerning ushbu

  • xususiyatini bozor narxini belgilashda va yer bilan bog'liq amaliyotlarni bajarishda inobatga olish kerak.
    Yuqorida sanab o'tilgan yer xususiyatlari undan ishlab chiqarish va noishlab chiqarishda foydalanishning
    umumiy shartlari sifatida yer resurslaridan barqaror foydalanishni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.

E'TIBОRINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling