Fan «avtomobil va traktorlarni avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari»


Download 0.85 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1330788
Bog'liq
1 маруза AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASH TIZIMLARI — копия (1)

Fan nomi - «TRANSPORT VOSITALARINI AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASH TIZIMLARI»

1-ma’ruza

Kirish. FanNING maqsadi va vazifalari. Asosiy tushunchalar. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi haqida tushunchalar

Reja:

  • 1. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Asosiy tushunchalar
  • 2. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi haqida tushunchalar

1. Kirish. Fan maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalar

  • Fanni o‘qitishdan maqsad - hozirgi zamon ilm fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarish jarayonlarida talabalarni kommpyuterli loyihalashdan samarali foydalanishga o‘rgatish hamda transport vositalarini avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarida ishlaydigan dasturlar bilan ishlash bo‘yicha bilim ko’nikma hosil qilish.
  • Fanni o‘qitish vazifalari- talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, hodisa va jarayonlarga xolis yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

«Transport vositalarining avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari» fani Vatanimiz ishlab-chiqarish texnik sohasining ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun asosiy fan hisoblanadi.

    • «Transport vositalarining avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari» fani Vatanimiz ishlab-chiqarish texnik sohasining ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun asosiy fan hisoblanadi.
    • Talabalar ushbu fan bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlarda mustahkamlab boradilar. Hozirgi kunda Transport vositalarini ishlab chiqarishining rivojlanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar konstruksiyalarining murakkablashuvi va ishlab chiqariladigan mahsulot tez oʻzgaruvchanligi, hamda mahsulotni ishlab chiqarish muddatlarining qisqaligi malakali kadrlarni talab qiladi.
    • Bunday sharoitlarda ishlab chiqarishni jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish, hamda mahsulot raqobatbardoshligini taʼminlash talab etiladi. Yangi mahsulotni ishlab chiqarishda murakkab, yuqori mehnattalab bosqich bu loyihalash bosqichi hisoblanadi va yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etishdagi asosiy vaqt va material xarajatlari aynan loyihalash jarayoniga sarflanadi shuning uchun loyihalash jarayonini avtomatlashtirish yangi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida tez va sifatli ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining oʻrni beqiyosdir.

2. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi haqida tushunchalar

  • 2. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi haqida tushunchalar
  • Loyihalash jarayonlarini va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Avtomatlashtirish - mehnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mehnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko‘plab jarayonlar uchun xizmat qiladi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) - bu kompyuter texnologiyasidan foydalangan holda turli xil dizayn protseduralarini bajarish uchun ishlatiladigan tizimlardir. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari inson faoliyatining turli sohalarida qo'llanilib kelinmoqda. ALT birinchi navbatda to'liq loyihalashtirishni avtomatlashtirish va undan keyingi ishlab chiqarish orqali muhandislarning samaradorligi va mahsuldorligini oshirish uchun ishlatiladi.

Shunday qilib, ALT dan foydalanish orqali quyidagi afzalliklarga erishiladi:

  • Shunday qilib, ALT dan foydalanish orqali quyidagi afzalliklarga erishiladi:
  • ---- loyiha muddati sezilarli darajada kamayadi;
  • ---- rejalashtirish va loyihalash uchun zarur bo'lgan mehnat miqdori kamayadi;
  • ---- ishlab chiqarish va loyihanning umumiy qiymati sezilarli darajada kamayadi, bu operatsion xarajatlarga bevosita ta'sir qiladi; texnik-iqtisodiy darajaning oshishi, shuningdek amalga oshirilgan loyihalash ishlari natijalarining sifati;
  • ---- sinov va to'liq miqyosdagi simulyatsiya uchun xarajatlarning kamayishiga erishiladi.
  • Kompyuter yordamida loyihalash tizimini amalga oshirish uch o'lchovli modellarni modellashtirish, shuningdek chizmalar va turli xil loyiha matn hujjatlarini loyihalashni o'z ichiga oladi.

1. Dugan Um. Soild Modeling and Applications. CAD/CAE. Rapid Prototyping/ Springer. United States of America, 2016.

  • 1. Dugan Um. Soild Modeling and Applications. CAD/CAE. Rapid Prototyping/ Springer. United States of America, 2016.
  • 2. Prentice Hall .Computer design. Principles of CAD CAM CAE systems. University of Southern California (Viterbi) USА, 2013
  • 3. Kunwoo Lee. Principles_of_CAD_CAM_CAE_systems. Addison-Wesley 2013.
  • 4. Тулаев Б. Лойиҳалаш жараёнларини автоматлаштириш. - Т.: ТДТУ, 2008.
  • 5. Хаkimov J. Kompyuterli loyihalash. -Т.: Аdabiyot uchquni, 2018, 255 bet.
  • 6. Primkulov B.Sh, Boboniyozov E.A. “Kompyuterli loyihalash” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar. -Toshkent: ToshDTU, 2022. -32 b.

Adabiyotlar
Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling