Ko'payishi va rivojlanishi. Sudralib yuruvchilarning tuxumi urg'ochisi jinsiy yo'lida urug'lanadi. Erkagining spermatozoidlari urg'ochisining kloakasiga tushadi. Sudralib yuruvchilarda boshqa haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar singari ichki urug'lanish sodir bo'ladi.
Bahor oyining oxiri va yozning boshlarida urg'ochi kaltakesak 5 dan 15 tagacha urug'langan tuxumlarini oftob tushib turadigan joyga qo'yadi. Tuxumlar tuproqqa yuzaroq qilib ko'mib qo'yiladi. Tuxumlar ancha yirik va sariqligi ko'p bo'lib, sirti qalin po'choq bilan qoplangan. Po'choq tuxumni qurib qolishdan saqlaydi. Tuxumning sariqligi rivojlanayotgan murtak uchun oziq hisoblanadi. Kaltakesak tuxumidan voyaga yetgan hayvonga o'xshaydigan kichik kaltakesak chiqadi Regeneratsiyasi. Agar yirtqich hayvon kaltakesak dumidan tutib oladigan bo'lsa, u dumining bir qismini tashlab, qochib qoladi. Uzilib qolgan dum birmuncha vaqt qimirlab turadi. Dumni uzib tashlash reflektor tarzda sodir bo'ladi. Bu hodisa dum umurtqalaridan birining o'rtasidan sinishi natijasida yuz beradi. Bunda jarohatlangan joy atrofidagi muskullarning tez qisqarishi tufayli qonoqmaydi. Keyinroq dum yana qaytadan o'sib chiqadi, ya'ni regeneratsiya sodir bo'ladi.
Uyga vazifa O`qib o`rganish
Fan: Zoologiya Sinf 7 Sana
DARS № 44
Darsning mavzusi: Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi:
tangachalilar turkumi
Darsning maqsadlari:
A) Ta`limiy: O`quvchilarga Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi:
tangachalilar turkumi haqida tushunchalar berish.
B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat,ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarga mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Dars turi: A) kirish darsi
B)boshlang'ich materiallar bilan tanishish darsi
C)Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
D)Bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash darsi
E) Takrorlash va umumlashriruvchi dars
F) Nazorat-tekshiruv darsi
G) Aralash tipdagi dars
H) Olingan bilimlarni amaliyotga qo'llash darsi
Do'stlaringiz bilan baham: |