Fan: Biologiya Sinf 9 Sana


Download 1.48 Mb.
bet2/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1443784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Fan zoologiya 7

Sitoplazma. Sitoplazmada bir qator tuzilmalar (organoid va organellalar) bo'lib, ularning har biri o'ziga xos xususiyatga ega va malum vazifani bajarishga ixtisoslashgan. Ko'pchilik organoidlar barcha hujayralar tarkibida uchraydi (mi-toxondriya, hujayra markazi, Golji majmuasi, ribosoma, endoplazmatik to'r, lizosoma), boshqalari esa faqat malum turdagi hujayralarda mavjud (miofi-brilla, ki prikcha va boshqalar).
Sitoplazmada turli xil moddalar ham to'planadi. Ular kiritmalar deb ata-ladi. Bular sitoplazmaning (ba'zan yadroning) doimiy bo'lmagan tuzilishi


23- rasm. Hayvon va o'simlik hujayrasining tuzilish sxemasi.

hisoblanib, organiodlardan farqli ravishda hujayraning hayot faoliyati jarayo-nida goh paydo bo'lib, goh yo'q bo'lib turadi. Qattiq holda uchraydigan kirit-malar granulalar, suyuq holdagisi esa vakuolalar deb ataladi. Moddalar al­mashinuvi natijasida hujayrada yana bir qator mahsulotlar: sekretsiya qiluvchi hujayralarda oqsil granulalari, pigmentlar yoki zaxira ozuqa moddalar — gliko-gen donachalari, yog' tomchilari uchraydi. Hujayra membranali tuzilishga asoslangan.


Bunga ko'ra hujayra bir xil tuzilishga ega membranalardan tashkil topgan. Bu membranalar ikki qavat lipidlardan iborat, ularning ichki va tashqi tomonidan oqsil molekulalari har xil chuqurlikka botib kirgan.




Tashqi sitoplazmatik membrana barcha hujayralarda uchraydi. U hujayra si-toplazmasini tashqi muhitdan ajratib turadi. Tirik hujayraning yuza qismi to'xtovsiz harakatda, unda qavariq va botiqlar paydo bo'ladi, to'lqinsimon tebranma hara-kat vujudga keladi, doimo u orqali makromolekulalar ko'chirilib turadi. Sitoplazmatik membrana yuksak pishiqlikka va elastiklikka ega bo'lib, ozgina shikastlangan vaqtlarda ham o'zining bir butunligini oson va tez tiklay oladi.
Biroq sitoplazmatik membrana bir tekis chiziqdan iborat emas: u juda ko'p sonli mayda-mayda teshikchalar (g'ovaklar) bilan ta'minlangan. Ular orqali hujayraning ichki qismiga fermentlar yordamida ionlar va kichik molekulali mod­dalar o'tishi mumkin. Shu bilan birga bunday moddalar hujayra ichkarisiga to'g'-ridan-to'g'ri membrana orqali ham o'ta oladi, bu passiv diffuziya emas, balki faol tanlab o'tkazish jarayoni bo'lib, energiyaning sarflanishini talab qiladi.
Sitoplazmatik membrana orqali ayrim moddalar osonlik bilan o'tib ketsa, boshqalari umuman o'tmaydi. Masalan, K+ ionlarining hujayra ichidagi miq-dori, uning tashqarisiga nisbatan ko'p bo'ladi. Na+ ionlari aksincha hujayra tashqarisida ko'p. Hujayra membranasining tanlab o'tkazish xususiyati yarim o'tkazuvchanlik deb ataladi. Yuqorida qayd qilingan ikki yo'ldan tashqari, kimyo­viy birikmalar va qattiq zarrachalar hujayraning ichki qismiga pinotsitoz va fagotsitoz yo'li bilan ham o'tadi (24- rasm). Hujayra membranasida botiq joy hosil bo'lib, uning ikki uchi hujayralararo suyuqlikni (pinotsitoz) yoki qattiq moddalarni (fagotsitoz) asta-sekin qamrab olib, bir-biri bilan tutashadi.



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling