Fan: Biologiya Sinf 9 Sana
Download 1.48 Mb.
|
Fan zoologiya 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suzgich pufagi
Terisi. Terisi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarning oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o'zidan keyingi tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachalar baliq tanasini tashqi ta'sirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga xalaqit bermaydi. Baliq o'sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi. Tangachalardagi halqalar soniga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin. Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqaradigan yupqa shilliq parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi.
Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit rangiga bog'liq. Chuchuk suv havzalarida yashaydigan ko'pchilik baliqlar tanasining orqa tomoni balchiq rangiga o'xshash to'qyashil, qorin tomoni oqish bo'ladi. Shu sababli suv tubida suzayotgan baliqni yuqoridan qarab payqab olish qiyin. Suv yuzasidagi baliqni pastdan qaralganda suv qatlamining oqish rangidan ajratib bo'lmaydi. Gavda rangi atrof-muhitga mos bo'lganida hayvonlar yirtqichlar ko'ziga tashlanmaydi. Bu hodisa himoya rangi deyiladi. Siz o'tgan darslardan hasharotlar himoya rangiga ega bo'lishini bilasiz. Skeleti. Zog'ora baliq skeleti asosini tana bo'ylab o'tadigan umurtqa pog'onasi tashkil etadi (59-rasm). Umurtqa pog'onasi chala harakatchan birikkan 39 - 42 ta umurtqalardan iborat. Har bir umurtqaning tanasida bir juftdan ustki va ostki yoylar bor. Ustki qarama-qarshi yoylar o'zaro tutashishi tufayli ular orasida umurtqa nayi hosil bo'ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashgan. Tana bo'limidagi umurtqalarga ikki yon tomondan qilichsimon qovurg'alar birikadi. Qovurg'alarning ikkinchi uchi muskullar orasida erkin yotadi. Dum umurtqalarida qovurg'alar bo'lmaydi; ular ostida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Umurtqa pog'onasi kalla suyagi bilan harakatsiz birikkan Suzgichlar skeleti suzgich yoylari va ular kamari suyaklaridan iborat. Kamar su-yaklar umurtqa pog'onasiga tutashmaganligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi. Bosh skeleti bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og'iz bo'shlig'ini o'rab turadigan jag'lar, jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklaridan iborat. Skelet muskullar uchun tayanch, ichki organlarni himoya qilish vazifasini bajaradi. Muskullari baliq terisi ostida joylashgan bo'lib, suyaklarga birikkan. Muskullarning qisqarishi va bo'shashishi tufayli baliq tanasini egib harakatlanadi. Baliqlar gavdasining orqa tomonida va dumida joylashgan muskullar kuchli rivojlangan. Suzgich pufagi qorin bo'shlig'ida ichagining ustida joylashgan. Pufak o'rtasidan tortilib ikkiga bo'lingan, gaz bilan to"lgan kumushrang xaltachadan iborat. Suzgichpufagi ichak bilan ingichka naycha orqali tutashgan bo'ladi. Tuxumdan chiqqandan 2-3 kun o'tgach, lichinka suv yuzasiga ko'tarilib, atmosfera havosi bilan suzgich pufagini to'ldirib oladi. Pufak yuzasi kapillar qon tomirlari bilan qoplangan. Baliqning suv yuzasiga ko'tarilishi yoki suv tubiga tushishi suzgich pufagi hajmining o'zgarishi bilan bog'liq. Suzgich pufagining kengayishi qondan ajralib chiqadigan gazlarning pufakni to'ldirishi bilan bog'liq. Pufak gazga to'lganida baliq yuqoriga ko'tariladi. Gazlar pufakdan ingichka nay bilan ichakka, undan jabra yoriqlari orqali suvga chiqqanida pufak puchayadi. Tanasi birmuncha og'irlashgan baliq suv tubiga tushadi. Suzgich pufagining hajmi o'zgarmasa, baliq muayyan chuqurlikda muallaq turadi. Suzgich pufagi tovushni kuchaytiradigan rezonator vazifasini ham bajaradi. Bu esa tovushni yaxshiroq eshitish imkonini beradi Uyga vazifa Mavzuni o`qib o`rganish. Fan: Zoologiya Sinf 7 Sana DARS № 34 Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling