Uslubi:______________
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb
qilib, ishchi muhitini yaratish.
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________
__________________________________________________________________________________
Yangi mavzuning bayoni:
Tabiatda yangi turlarning hosil bo‘lish jarayoni mutatsiyalarga boy bo‘lgan
populatsiyalarda boshlanadi. Olimlar tur paydo bo‘lishini uchta asosiy usulini farq qiladilar. Birinchi
usulda turlar soni oshmagan holda bir tur o‘rnini ikkinchi yangi tur egallaydi. Ikkinchi usulda ikki xil
turga oid organizmlar chatishishi natijasida uchinchi turning kelib chiqishi kuzatiladi. Uchinchi usul
belgilarining ajralishi – divergensiya bilan bog‘liq (105-rasm). Individlar bir tur doirasida har xil
populatsiyalarga mansub bo‘lsa va erkin chatishib, nasl bersa, tur yaxlit va butun hisoblanadi. Yangi tur
hosil bo‘lishi uchun esa populatsiyalar orasida alohidalanish yuzaga chiqishi kerak. Alohidalashgan
populatsiyalarning belgi va xossalari orasidagi farqlar kuchayib boradi, yangi turlarning paydo bo‘lishiga
olib keladi
Allopatrik yo‘nalish yoki geografi k alohidalanish bilan tur paydo bo‘lishi.
Tur areali kengayganda yoki yirik geologik jarayonlar: qit’alarning surilishi, tog‘ hosil bo‘lishi, suv
to‘siqlari natijasida bir nechta alohidalashgan populatsiyalar paydo bo‘ladi. Populatsiyalardagi irsiy
o‘zgarishlar, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish natijasida asta-sekin populatsiyalardagi gen
tarkibida farq paydo bo‘la boshlaydi. Bu jarayon yangi tur hosil bo‘lishiga olib keladi. Qirg‘ovullarning
xiva, yettisoy, murg‘ob, kavkaz, manjur, yapon kenja turlari xuddi shu yo‘l bilan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |