Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

3. Rivojlantiruvchi
kreatsionizm, panspermiya, biogenez, ultrabinafsha, meteorit, 
Konservatsiyalash xaqida o’quvchi bilimini rivojlantirish. 
Fanga oid kompetensiyalar: 
Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetentsiyasi.
Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o’tkazish kompetentsiyasi.
Sog’lom turmush tarzi va ekologik kompetentsiya.
Tayanch kompetensiyalar: 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi 
Jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, 
o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida 
muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Uslubi:______________
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid 
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
I.Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
II.Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
III.Yangi mavzuning bayoni:
Hayotning ta’rifi . Hayotning mohiyati, uning xilma-xilligi, kelib 
chiqishi va rivojlanishini o‘rganish biologiya fanining eng murakkab muammolaridan 
biridir. Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar. Hayotning paydo bo‘lishi insoniyatni juda 
qadim zamonlardan beri qiziqtirib kelmoqda. Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha farazlar 
mavjud. Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi haqidagi tushunchalar qadimgi Xitoy, Vavilon va Misrda 
keng tarqalgan edi. Mashhur Aristotel ham bu farazning tarafdori bo‘lgan. Bu faraz tarafdorlari tirik 
organizmlar o‘z-o‘zidan notirik tabiatdan paydo bo‘ldi deb hisoblaydilar. 1688-yilda Italiya olimi 
F. Redi tajribada hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotlab berdi. F. Redi go‘shtni yopiq idishga 
solib qo‘yganida pashshalar kira olmaganligi uchun unda lichinkalar paydo bo‘lmadi. Lekin hayotning 
o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo‘ldi, deb uni tanqid 
qildilar. Shunda F. Redi go‘sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq qoldirib, boshqalarini doka bilan 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
yopib qo‘ydi (119-rasm). Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo‘lmadi, ochiq idishlardagi 
go‘shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, mohirlik bilan o‘tkazilgan oddiy 
tajriba yordamida pashshaning lichinkalari chirigan go‘shtda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi, pashshaning 
tuxumlaridan chiqib ko‘payishi isbotlab berildi. F. Redi hayotning hozirgi zamonda faqat mavjud hayot 
shakllaridan biogenez yo‘li bilan rivojlanishi mumkinligini tajribada tasdiqladi.
Ch. Darvin fi kriga 
ko‘ra, hayot faqat hayot bo‘lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar 
yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi 
davrda hayot yangidan kelib chiqishi mumkin emas.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling