Fan: biologiya


Uslubi: Noananaviy  Ko’rgazmali qurollar


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Uslubi:
Noananaviy 
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid 
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni: Jinsiy ko‘payishda yangi organizm ota va ona organizmlarining jinsiy 
hujayralari – gametalar ishtirokida hosil bo‘ladi. Erkaklik va urg‘ochilik jinsiy hujayralarining qo‘shilishi 
natijasida zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Yangi organizm genotipi ota-ona 
genotipidan farq qiladi. Jinsiy ko‘payish asosida kombinativ o‘zgaruvchanlik yotadi. 
Jinsiy ko‘payishning ahamiyati. Jinsiy ko‘payish organizmlar evolutsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Bu 
jarayon ota-ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Hosil bo‘lgan yangi avlod ota-onasiga 
nisbatan yashovchan va o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi. 
Jinsiy ko‘payish shakllari. Izogamiya – shakli va o‘lchami bir xil, harakatchan erkak va urg‘ochi 
gametalarning qo‘shilishi bilan boradigan jinsiy ko‘payish shakli (ulotriks). Geterogamiya erkak va 
urg‘ochi gametalar harakatchan, lekin urg‘ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo‘lishi bilan 
xarakterlanadi (xlamidomonada). Oogamiya – jinsiy ko‘payishning bir shakli bo‘lib, urg‘ochi gametalar 
yirik, harakatsiz, tuxum hujayra deb ataladi, erkak gametalar mayda bo‘lib, harakatchan bo‘lsa 
spermatozoid (hayvonlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar), harakatsiz bo‘lsa spermiy (gulli o‘simliklar) deb 
yuritiladi. Gulli o‘simliklarda jinsiy ko‘payish. Gulli o‘simliklarda jinsiy hujayralar 
– changchining changdonida, urug‘chining urug‘kurtagida yetiladi. Chang xaltasidagi diploid 
mikrosporotsit hujayra meyoz yo‘li bilan bo‘linib, 4 ta mikrosporani hosil qiladi. So‘ng har bir 
mikrospora mitoz yo‘li bilan bo‘linib ikkita: yirik vegetativ va mayda generativ hujayralarga ega chang 
donasiga aylanadi. Generativ hujayra yana mitoz usulida ikkiga bo‘linib ikkita spermiyni 
hosil qiladi Tugunchaning urug‘kurtagidagi diploid to‘plamli megasporotsit hujayra 
meyoz bo‘linishdan so‘ng 3 ta mayda, 1 ta yirik hujayra – megasporani hosil qiladi. Mayda hujayralar 
tezda nobud bo‘ladi. Megaspora 3 marotaba mitoz yo‘li bilan bo‘linadi va sakkiz yadroli murtak xaltasini 
hosil qiladi.
Mustaxkamlash: 1. Jinsiy ko‘payishning qanday turlarini bilasiz? 
2. Bir hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering. 
3. Konyugatsiya va kopulatsiyaning farqlarini ta’rifl ang. 
4. Ko‘p hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling