Fan: biologiya
Uslubi: Aralash Ko’rgazmali qurollar
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy vazifasining bayoni
- Avtotrofl ar
- Geterotrofl ar
Uslubi:
Aralash Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali qurollar va rasmlar , doska bo’r, daftar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi muhitini yaratish. Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ Yangi mavzuning bayoni: Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar ochiq biologik sistemalardir, ya’ni ular bilan atrof-muhit o‘rtasida uzluksiz modda va energiya almashinuvi bo‘lib turadi. Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlar, hujayradagi plastik reaksiyalar, membrana orqali moddalar transporti, hujayralarning o‘sishi va bo‘linishi, to‘qima va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash uchun energiya zarur. Bu energiya oziq moddalarning parchalanish jarayonida hosil bo‘ladi. Tirik organizmlar tomonidan modda va energiyaning o‘zlashtirilishi oziqlanish deyiladi. Oziqlanish tirik organizmlarning muhim xususiyati hisoblanadi. Tirik organizmlar uglerod va energiyaning qanday manbayidan foydalanishiga ko‘ra avtotrof va geterotrofl arga ajratiladi. Avtotrofl ar organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiluv chi organizmlardir. Fototrofl arga barcha yashil o‘simliklar va sianobak teriyalar kiradi. Xemotrofl ar anorganik moddalarning oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiyani organik birikmalar energiyasiga aylantiruvchi organizmlardir. Xemotrofl arga nitrifi kator, oltingugurt, vodorod va temir bakteriyalari kiradi. Geterotrofl ar organik uglerod manbayidan foydalanuvchi, ya’ni tayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan organizmlardir. Geterotrof organizmlar o‘z hayot faoliyati uchun zarur energiyani organik birikmalarni parchalash hisobiga oladi. Geterotrofl arga barcha hayvonlar, parazit o‘simliklar, zamburug‘lar va ko‘pchilik bakteriyalar kiradi. Geterotrofl ar oziq tarkibida o‘z organizmida sintezlash imkoni bo‘lmagan moddalarni, masalan, hayot uchun zarur vitaminlarni ham o‘zlashtiradilar. Oziqni qaysi usul bilan o‘zlashtirishlaridan qat’i nazar oziq moddalarning organizmlarda o‘zgarish yo‘llari, masalan, makromolekulalarning hazm organlarida fermentlar ishtirokida monomerlarga parchalanishi, parchalanish mahsulotlarining so‘rilishi, hujayralarga transport qilinishi kabi jarayonlar barcha geterotrof organizmlarda kuzatiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling