Fan: biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanga oid kompetensiyalar
- Uslubi
- Darsning borishi: Tashkiliy qism
- Yangi mavzuning bayoni
2. Tarbiyaviy:
Mavzuga oid bilimlar asosida o’quvchilarga tarbiyaviy tushunchalar berish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 3. Rivojlantiruvchi: fertil, kariotip, mikrotsefaliy, X trisomiyasi, Klaynfelter sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, nevropatolog, endokrinolog, ginekolog xaqida o’quvchilar bilimini rivojlantirish. Fanga oid kompetensiyalar: Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetentsiyasi. Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o’tkazish kompetentsiyasi. O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi Doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’zxatti harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Uslubi:______________ Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali qurollar va rasmlar , doska bo’r, daftar. www.sadikov.uz @sadikov_uz Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi! Darsning borishi: Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi muhitini yaratish. Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ Yangi mavzuning bayoni: Reproduktiv salomatlikka inson salomatligini asrash va mustahkamlashning asosiy tarkibiy qismi sifatida e’tibor qaratiladi. Respublikamizda reproduktiv salomatlikni asrash bo‘yicha qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Reproduktiv (lot. re – tiklanish, takrorlanish ma’nosida, produco – yarataman). Reproduktiv salomatlik deganda insonning o‘zidagi mavjud irsiy axborotni keyingi avlodga yaxlit, genlarni mutatsiyalarga uchratmagan holda o‘tkazish natijasida o‘zidan sog‘lom nasl qoldirib, avlodlarning bardavomligini ta’minlash tushuniladi. Reproduktiv salomatlik – bu reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bog‘liq barcha masalalar borasida faqat kasallik va kamchiliklar yo‘qligi bo‘libgina qolmay, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy muvaff aqiyatlar holati hamdir. Reproduktiv huquq – bu barcha er-xotin juftliklar va alohida shaxslarning farzandlar soni, ular orasidagi oraliq va ularning tug‘ilish vaqti haqida erkin hamda to‘liq mas’uliyat hissi bilan qaror qabul qilishi va buning uchun shart bo‘lgan ma’lumot va vositalarga ega bo‘lishi borasidagi asosiy huquqlarni tan olish sanaladi. Reproduktiv salomatlikka erishish uchun quyidagi tamoyillar: jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolash (OITSning oldini olish), bepushtlikning oldini olish, o‘sma kasalliklari va o‘sma oldi kasalliklarining oldini olish, farzandlarni ona suti bilan boqish, onalik va bolalikning muhofazasi, o‘smirlar reproduktiv salomatligi va jinsiy tarbiyasiga amal qilinishi lozim. Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish – bu davlat siyosati darajasida eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan masalalardan biridir. Respublikamizda ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimi rivojlanib, har bir viloyat va yirik shaharlarda perinatal va skrining markazlari tashkil etilgan. Umuman olganda, sog‘lom farzandni voyaga yetkazish, aholi, xususan, bolalar va o‘smirlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling