Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid 
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni:
Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson 
manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘zgartirilishiga gen muhandisligi (gen injeneriyasi yoki genetik 
injeneriya) deb ataladi. Gen muhandisligi – rekombinant RNK va DNKlar olish, organizm (hujayra)dan 
genlarni ajratish, genlarni boshqarish (manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan 
tanlangan genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va 
usullari jamlanmasidir. Bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bo‘lgan, DNK zanjiridagi 
nukleotidlar qatori gen deb ataladi. Murakkab biologik jarayon ketma-ketligini boshqarishda ishtirok 
etadigan, genetik tuzilishi bo‘yicha deyarli bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir necha genlar, genlar majmuasi 
yoki oilasini tashkil qiladi. Gen muhandisligi fanining maqsadi genlarning ichki tuzilishini va 
xromosomada tutgan o‘rnini ehtiyojga mos ravishda o‘zgartirib, ularning faoliyatini idora etishdir. 
Natijada har qanday tirik mavjudotni, albatta, imkoniyat darajasida maqsadga yanada ko‘proq muvofi 
qlashtirish yo‘li bilan sanoat miqyosida oqsil moddalar ishlab chiqarish, o‘simlik va hayvon turlarini 
inson ehtiyojiga mos ravishda o‘zgartirish, irsiy va yuqumli kasalliklarni aniq va tez tashxis qilish hamda 
sabablarini aniqlash usullari yaratildi. Gen muhandisligi (gen injeneriyasi) fani irsiyatning moddiy asosi – 
DNK molekulasini spetsifi k tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-
uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklarini uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata 
oluvchi elektroforez usulining kashf etilishi oqibatida vujudga keldi. Ayniqsa, DNK molekulasini 
tashkil etuvchi nukleotidlarning spetsifi k ketma-ketligini (izchilligini) aniqlash hamda xohlagan DNK 
bo‘lagini avtomatik tarzda sintez qilish usullarining va uskunalarining kashf etilishi bu fanning jadal 
sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minladi.
1950–1970-yillarda DNKning qo‘sh zanjir ekanligi, DNKning 
ma’lum qismini kesuvchi restriktaza fermenti, genetik kod va uning oqsilni sintez qilishdagi ahamiyati 
o‘rganilgan, laboratoriya sharoitida gen sintez qilingan. 1970–1990-yillarda DNKni klonlash 
texnologiyasi, somatik hujayralarni gibridlash yo‘li bilan monoklonal antitanani ishlab chiqaruvchi 
gibridoma yaratilgan, rekombinant bakteriyalar yordamida birinchi marotaba somatostatin 
gormoni olingan, transgen o‘simlik yaratilgan. Rekombinant DNKdan foydalanish istiqboli fanda yangi 
yo‘nalish – gen muhandisligining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Mustaxkamlash:Yangi mavzu savol -
javob orqali mustaxkamlanadi  

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling