Fan: biologiya
Uslubi:______________ Ko’rgazmali qurollar
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy vazifasining bayoni
- Gen muhandisligi qo‘llaniladigan fermentlar.
- Polimerazalar.
- Ligazalar. Rekombinatsiya jarayoni Mustaxkamlash
Uslubi:______________
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali qurollar va rasmlar , doska bo’r, daftar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi muhitini yaratish. Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ Yangi mavzuning bayoni: Gen muhandisligida DNK molekulasini spetsifi k tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklarini uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata oluvchi elektroforez usulidan foydalaniladi. Gen muhandisligi qo‘llaniladigan fermentlar. Gen muhandisligi fermentlari DNK molekulalari bilan turli xil tajribalarni o‘tkazishga yordam berib, ularni tegishli joyidan qirqish, turli xil bo‘laklarini ulash, tabiatda mavjud bo‘lmagan yangi xildagi ketma-ketliklarni sintez qilishda qo‘llaniladi. Quyida gen muhandisligida foydalaniladigan asosiy fermentlarni ko‘rib chiqamiz. Barcha fermentlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: DNKni bo‘laklarga bo‘luvchi; RNK matritsa asosida DNK bo‘laklarini sintezlovchi; DNK bo‘laklarini ulovchi; DNK bo‘laklari uchlari struktrurasini o‘zgartirish imkonini beruvchi fermentlar. Polimerazalar. Gen muhandisligi keng qo‘llaniladigan fermentlardan biri DNK polimeraza fermenti bo‘lib, bu ferment birinchi marta 1958-yilda Korenberg va uning hamkorlari tomonidan Esherichia coli (ichak tayoqchasi bakteriyasi)dan ajratib olingan DNK polimeraza komplementar nukleotidlarni biriktirish yo‘li bilan DNK zanjiri reduplikatsiya jarayonida ishtirok etadi. DNK polimeraza gen muhandisligida yangi DNK molekulalarini sintezlashda qo‘llaniladi. Viruslarni o‘rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ayrim viruslarning genomi bitta RNK zanjirdan iborat bo‘lib, hujayra ichida rivojlanayotganda o‘z genomini ikki zanjirli DNK ko‘rinishiga o‘tkazib, xo‘jayin hujayra genomiga kiritadi. RNK matritsa asosida komplementar DNK sintezlay oladigan virusning maxsus fermenti, ya’ni teskari transkriptaza yoki revertaza deb nomlanuvchi maxsus ferment ajratib olingan. Revertazalar matritsa RNKga komplementar DNK zanjirini sintezlay oladi. Revertazalar yordamida MRNKning DNK nusxalarini olish mumkin. Ligazalar. Rekombinatsiya jarayoni Mustaxkamlash: 1. Gen muhandisligida foydalaniladigan fermentlar qanday guruhlarga ajratiladi? 2. Polimeraza fermentlarining ishlash mexanizmi haqida so‘zlab bering. 3. Restriktazalar qanday maqsadlarda qo‘llaniladi? 4. Restriktaza fermentlarining ishlash mexanizmi haqida so‘zlab bering. 5. Teskari transkriptaza fermenti faoliyati mohiyatini tushuntiring. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling