Fan: biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaxkamlash
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________
__________________________________________________________________________________ Yangi mavzuning bayoni: Genetik rekombinatsiya – bu turli manbalardan olingan genlarning yoki genlarning normal biologik almashinuvi natijasida o‘zgargan xromosomaning hosil bo‘lishi. Yangi DNK molekulasi DNK zanjirining uzilishi yoki birikishi yo‘li bilan rekombinatsiya jarayonida hosil bo‘ladi. Irsiy axborotning o‘tkazilishi, almashinishi va o‘zgarishining tabiatda turli shakllari bo‘lib, ular yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlarning paydo bo‘lishi uchun manba sanaladi. Turli organizmlarning genlarini sun’iy yo‘l bilan birlashtirib, rekombinant DNK olish mumkin. Gen muhandisligi yoki rekombinant DNK texnologiyasida tajribalar yo‘li bilan bir organizm (donor) irsiy materialini boshqa organizm (retsipiyent)ga o‘tkazish orqali bu genlarning irsiylanishi ta’minlanadi. Masalan, mikrobiologiya sanoatida azot fi ksatsiyalovchi genlar kiritish yo‘li bilan o‘simliklar hosildorligini oshirishda qo‘llaniladigan bakteriya shtam mlari olinadi (bu o‘g‘itlarning ishlatilishini kamaytiradi va atrof-muhit holatini yaxshilaydi). Hozirgi kunda gen muhandisligi metodlari rekombinant bakteriya shtammlaridan biologik faol birikmalar, jumladan, gormonlar (insulin, o‘sish gormoni, somatostatin), virusga qarshi preparat – interferon olishda muvaff aqiyatli qo‘llanilmoqda. Genlarning boshqa organizm genomiga to‘gridan to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazilishi irsiy nuqsonlarni to‘g‘rilashga imkon beradi. Rekombinant DNK olish yo‘li bilan irsiy kasalliklarni davolash istiqbolli bo‘lib, bunda bemor genomiga zararlangan gen o‘rniga normal funksional gen kiritiladi. Demak, gen muhandisligida quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Kerakli genga ega donor organizmlardan zarur genlar ketma-ketligiga ega bo‘lgan DNK molekulasi ajratib olinadi. 2. Donor DNKsining zarur geni fermentlar ta’sirida boshqa qismlardan ajtatib olinadi. 3. Retsipiyent hujayra (qabul qiladigan hujayra)ga biror genni kiritish uchun mazkur hujayraga kira oladigan uncha katta bo‘lmagan DNK molekulasidan foydalaniladi. Bunday molekula vektor deyiladi. 4. DNK-vektorni donor genini kiritish mumkin bo‘lgan joyidan ferment yordamida kesiladi. 5. Ajratib olingan gen vektor molekulaga «tikiladi». Rekombinant DNK hosil qilinadi va klonlanadi. Kiritilgan gen saqlovchi yangi DNK molekulasi xo‘jayin retsipiyent hujayrasiga kiritiladi . Mustaxkamlash: 1. Boyer va Koen tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tushuntiring. 2. Plazmidli bakteriya, plazmidsiz bakteriyadan qanday farq qiladi? 3. Rekombinant DNK olish ketma-ketligini gapirib bering. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling