Fan: biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etologik alohidalanish
- Mustaxkamlash
Yangi mavzuning bayoni: Siz avvalgi mavzuda tur tushunchasi bilan tanishdingiz. Haqiqatan ham,
tur bir-biriga o‘xshaydigan, bir-biri bilan chatisha oladigan organizmlar yig‘indisidan iborat murakkab bo‘lgan tuzilmadir. U mazkur tur tarqalgan, nisbatan kichik, alohida arealda yashaydigan populatsiyalarga – kichik tabiiy guruhlarga bo‘linib ketadi. Bir populatsiya ikkinchi populatsiyadan nisbatan alohidalashgan bo‘ladi. Populatsiya – tur areali ma’lum hududni egallagan, bir-biri bilan erkin chatisha oladigan yoki boshqa populatsiyalardan nisbatan alohidalashgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhi. Populatsiya doirasida organizmlar oila, gala, poda bo‘lib yashaydilar. Lekin ular turg‘un holatda bo‘lmay, tashqi muhit ta’sirlari ostida tarqalib ketishi yoki bir-biri bilan qo‘shilib ketishi mumkin. Turning arealda egallagan joyiga qarab unda populatsiyalar soni har xil bo‘ladi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populatsiyalar soni ko‘p, tor arealda tarqalgan turlarda populatsiyalar soni kam bo‘ladi. Har xil turga kiruvchi populatsiyalar bir-biridan, avvalo, egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o‘simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog‘liq. Тоk shilliqqurtining harakatlanish radiusi bir necha o‘n metr bo‘lsa, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho‘ziladi. www.sadikov.uz @sadikov_uz Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi! Etologik alohidalanish hayvonlarning xatti-harakati bilan aloqador. Ba’zi qushlarning o‘ziga xos sayrashi, urg‘ochisini o‘ziga jalb qilishi bilan bir-biridan farq qilishi bunga yorqin misoldir. Populatsiya to‘lqini. 1939-yil 1940-yil 1948-yil 1954-yil Alohidalanishning turli shakllari uzoq muddat davomida har xil allellarga ega organizmlarning erkin chatishishini bartaraf etadi, ya’ni reproduktiv alohidalanishga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida alohidalashgan organizm guruhlari bir-biridan farq qilishga, yangi turlarning paydo bo‘lishiga olib keladi Alohidalanish. Tabiatda populatsiyalarning aralashib ketishiga geog rafi k, biologik, ekologik va boshqa alohi dalanishlar toʻsqinlik qiladi. Alo hidalanish har xil populatsiyalar individlarining qisman yoki to‘liq cha tishmasligidir. Populatsiyalar orasida genlar oqimi bo‘lib turganda, ularda genetik farqlar to‘plan maydi. Alohidalanish esa irsiy axborot almashinuvini to‘xtatadi va populatsiyani yangi mustaqil gene tik tuzilmaga aylan tiradi. Alohi dalanishning bir qancha turlari farq qilinadi. Mustaxkamlash: 1. Populatsiya deb nimaga aytiladi? 2. Populatsiya genofondidagi genlarning tasodifi y o‘zgarishi nima deyiladi? 3. Populatsiya to‘lqini nima? 4. Populatsiya genofondi qaysi jarayonlar natijasida o‘zgaradi? 5. Organizmlarda alohidalanish xillarini aytib bering. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling