Fan: biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaxkamlash
Yangi mavzuning bayoni:
Siz avvalgi sinfl arda o‘simlik va hayvonlar sistematikasi bilan tanishgansiz. Sistematikada eng kichik birlik tur ekanligi, tur binar nomenkulaturaga binoan, qo‘shaloq nom bilan nomlanishidan xabardorsiz. Masalan, Gossypium Hirzitium g‘o‘za turi bo‘lib, muayyan belgi- xususiyatlarga egaligini bilasiz. Insoniyatni qiziqtirib kelayotgan turlar tabiatda qanday yo‘nalishlarda paydo bo‘lgan va rivojlangan degan masalalar sizni ham qiziqtirishi tabiiy. Biologiya fanining rivojlanishida juda ko‘p olimlar o‘zlarining tadqiqotlari bilan bu muammoni hal etishga harakat qilgan. Keyingi paragrafl arda mazkur olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari bilan tanishasiz. Organik olamning rivojlanishi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarning barchasi biologiya fanining rivojlanishiga qo‘shilgan hissa ekanligi nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Organik olam juda uzoq muddat davomida tarixiy rivojlangan. Paleontologik qazilma qoldiqlarni o‘rganish va hozirda mavjud organizmlarning tuzilishi www.sadikov.uz @sadikov_uz Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi! bilan taqqoslash orqali shunday xulosalar chiqarilgan. Shuni qayd etish kerakki, organik olam evolutsiyasi haqidagi fi krlar ko‘plab biolog olimlarning tadqiqotlari natijasida olingan xulosa sanaladi. Tur deganda morfologik, fi ziologik, etologik, genetik, biokimyoviy xossalari bilan o‘xshash, erkin chatishib nasl beradigan, ma’lum yashash sharoitiga moslashgan hamda tabiatda o‘z arealiga ega bo‘lgan organizmlardan iborat populatsiyalar yig‘indisi tushuniladi. Populatsiya shu turning boshqa populatsiyalaridan ayrim belgi va xossalari bilan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan tizimdir. Har bir tur tabiatda ma’lum maydonni ishg‘ol qiladi va bu maydon turning areali deyiladi. Odatda turning areali katta maydondan iborat bo‘ladi. Shu sababli tur arealining turli qismlarida yashash muhiti turlicha bo‘ladi. Mustaxkamlash: 1. Tur deganda nima tushuniladi? 2. Tur tushunchasini birinchi bo‘lib fanga kiritgan olim haqida ma’lumot bering. 3. Dastlab olimlar tur haqida qanday fi krlar bildirgan? 4. Tur mezonlari nima? Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling