Fan: biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Rivojlantiruvchi : era, davr, arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynazoy xaqida o’quvchi bilimini rivojlantirish. Fanga oid kompetensiyalar
- O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi
- Uslubi
- II.Uy vazifasining bayoni
- Proterozoy erasi
- IV.Mustahkamlash
SANA: __________ SINF 10
____ FAN: BIOLOGIYA 60-MAVZU : ARXEY, PROTEROZOY ERALARIDAGI HAYOT Darsning maqsadi: 1. Ta’limiy: O’quvchilarga arxey protezey eralaridagi hayot haqida tushuncha va bilimlar berish 2. Tarbiyaviy: Mavzuga oid bilimlar asosida o’quvchilarga tarbiyaviy tushunchalar berish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 3. Rivojlantiruvchi: era, davr, arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynazoy xaqida o’quvchi bilimini rivojlantirish. Fanga oid kompetensiyalar: Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetentsiyasi. Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o’tkazish kompetentsiyasi. Sog’lom turmush tarzi va ekologik kompetentsiya. O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi Doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’zxatti harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Uslubi:______________ Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali qurollar va rasmlar , doska bo’r, daftar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi muhitini yaratish. II.Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ III.Yangi mavzuning bayoni: Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar bilan birgalikda 5 mlrd yil www.sadikov.uz @sadikov_uz Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi! ilgari paydo bo‘lgan. Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, odatda, radioaktiv elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. Yer paydo bo‘lganidan to hozirga qadar rivojlanish tarixi eralarga, eralar esa davrlarga, davrlar epoxalarga bo‘linadi. Eralarning nomi yunon tilidagi arxey (arxeis) – eng qadimgi, proterozoy (proteroszoe) – dastlabki hayot, paleozoy (paleozoe) – qadimgi hayot, mezazoy (mezos) – o‘rta hayot, kaynazoy (kainos) – yangi hayot degan ma’nolarni bildiradi. Arxey erasi 900 mln yil davom etgan. Eraning qatlamlari yuqori harorat va bosim ta’sirida ko‘rinishini o‘zgartirib, o‘zidan hech qanday hayot izlarini qoldirmagan. Dastlabki tirik organizmlar arxey erasida paydo bo‘lgan. Organik birikmalardan ohaktosh, marmartosh, ko‘mirli moddalarning bo‘lishi arxey erasida tirik organizmlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlari bo‘lganligidan dalolat beradi. Yerda hayot evolutsiyasining eng muhim bosqichi fotosintezning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, natijada organik olam o‘simlik va hayvonot dunyosiga ajraldi. Dastlabki fotosintezlovchi organizmlar – prokariotlar, ya’ni ko‘k-yashil suvo‘tlari – sianobakteriyalar bo‘lgan. Proterozoy erasi 2000 mln yil davom etgan. Tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari jadal kechgan. Natijada ko‘pgina quruqliklar hosil bo‘lgan. Bu erada bak teri yalar, suvo‘tlari avj olib rivojlangan. Qirg‘oqqa yaqin joyda ha yot kechi ruv chi suvo‘tlarida tana tabaqalashib, uning bir qismi substratga – biron sirt yuzasiga joylashib, boshqa qismi esa fotosintezni amalga oshirish ga moslashgan. Havo va suvning kislorod bilan to‘yinishi oqibatida aerob organizmlar paydo bo‘lgan. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali organizmlar rivojlanadi. Kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, keyinchalik halqali chuvalchanglar, molluskalar, bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘ladi. Proterozoy erasida ro‘y bergan aromorfoz tipidagi yirik o‘zgarishlarga ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarning kelib chiqishini misol qilib keltirish mumkin. Bu ular tanasi oldingi va keyingi, yelka va qorin qismlariga bo‘linishini ta’minlaydi. .IV.Mustahkamlash: 1. Yerning yoshini aniqlashda qanday mezonga asoslanadi? 2. Arxey erasida nima sababdan tirik organizmlarning hech qanday qoldiqlari saqlanib qolmagan? 3. Arxey erasidagi aromorfozlarni tushuntiring. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling