Fan: biologiya


III.Yangi mavzuning bayoni


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

III.Yangi mavzuning bayoni:
Paleozoy erasi 340 mln yil davom etgan. Kembriy davrida iqlim 
mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizda tarqalgan. Ularning ba’zilari o‘troq, ba’zilari suv oqimi 
bilan harakatlangan. Paleozoy erasida hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lgan va nihoyatda tez 
rivojlanganligi sababli, kembriy davridayoq, hayvonlarning barcha tiplari mavjud bo‘lgan. Ikki pallali, 
qorinoyoqli, boshoyoqli molluskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan va faol 
harakatlangan. Umurtqali hayvonlarning dastlabki vakillari – qalqondor baliqlar paydo bo‘lgan, ularda 
jag‘ bo‘lmagan. Qalqondorlar hozirgi davrda yashayotgan to‘garakog‘izlilar – minogalar va 
miksinalarning olis ajdodi hisoblanadi. Ordovik davrida dengizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‘ir, qizil 
suvo‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi ortdi. Korall rifl arining 
hosil bo‘lishi avj oldi. Bulutlar hamda ba’zi ikki pallali molluskalarning turlitumanligi kamaydi. Silur 
davrida tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi ortdi. Iqlim nisbatan quruq bo‘lgan. 
Qirg‘oq yaqinidagi suvlarda tarqalgan ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlarining ba’zilari yashash uchun kurash, 
tabiiy tanlanish tufayli quruqlikka chiqishga muvaff aq bo‘lgan. Tuproq dastlabki quruqlikdagi 
o‘simliklar psilofi tlarning tarqalishiga imkon bergan. Tuproqda organik birikmalarning to‘planishi 
keyinchalik zamburug‘lar paydo bo‘lishi uchun imkon yaratgan. Boshoyoqli molluskalar nihoyatda 
ko‘paygan. Silur davrida atmosfera havosi bilan nafas oladigan dastlabki quruqlikda yashovchi 
bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlar ro‘y bergan. Iqlim iliq 
bo‘lgan. Zarafshon tog‘ tizmalarida kovakichli hayvonlar bilan past bo‘yli psilofi tlarning toshga tushgan 
tasviri topilgan.
Perm davrining boshlariga kelib iqlim birmuncha quruq va sovuq bo‘lgan. 
Bunday sharoitda suvda hamda quruqlikda yashovchilarning anchagina qismi qirilib ketgan. Yashash 
uchun kurash, tabiiy tanlanish suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ma’lum guruhining o‘zgarishiga 
sabab bo‘lgan. Keyin ulardan sudralib yuruvchilar sinfi ning vakillari kelib chiqqan. 
.IV.Mustahkamlash: 
1. Paleozoy erasi nechta davrdan iborat? 
2. Dastlabki quruqlik o‘simliklari qaysi davrda kelib chiqqan? 
3. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilarning turlari qaysi davrda 
vujudga kelgan? 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling