Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Darsning borishi: 
I.Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
II.Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
III.Yangi mavzuning bayoni:
Mezozoy erasi 175 mln yil davom etgan. Trias davrida iqlim quruq 
kelgan. O‘rmonlar ignabargli o‘simliklar, sagovniklar, sporali o‘simliklardan iborat 
bo‘lgan. Quruqlikda sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi oshgan. Ularning keyingi oyoqlari oldingisiga 
nisbatan kuchli rivojlangan. Hozirgi vaqtda yashab turgan kaltakesak, toshbaqalarning ajdodlari ham shu 
davrda paydo bo‘lgan. Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish natijasida ba’zi bir yirtqich sudralib 
yuruvchilar tarixiy jarayonda o‘zgarish tufayli tanasi kalamushdek dastlabki sutemizuvchi hayvonlar 
kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha, ular hozirgi o‘rdakburun va yexidnalar singari tuxum qo‘yib, 
ko‘paygan. Yura davrida o‘rmonlarda ochiq urug‘lilar hukmronlik qilgan. Ularning ba’zilari, ya’ni 
sekvoyalar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Dastlabki gulli o‘simliklarning tuzilishi ibtidoiy bo‘lgan. 
Sporali va ochiq urug‘li o‘simliklarning gurkirab rivojlanishi natijasida o‘txo‘r sudralib yuruvchi 
hayvonlar tanasi nihoyatda yiriklashgan. Ba’zilarining tanasi 20–25 m ga yetgan. Sudralib yuruvchi 
hayvonlar faqat quruqlikda emas, balki suv, havo muhitiga ham tarqalgan. Arxeopterikslar shu davrda 
paydo bo‘lgan. Bo‘r davrida iqlim keskin o‘zgargan. Osmonni qoplagan bulutlar juda kamayib, atmosfera 
quruq va shaff of bo‘lgan. Quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘simlik barglariga tusha boshlagan. 
Iqlimning bunday o‘zgarishi ko‘pgina qirqquloqlar va ochiq urug‘lilar uchun noqulay bo‘lgan va ular 
kamaygan. Yopiq urug‘li o‘simliklar esa, aksincha, ko‘paya boshlagan. Bo‘r davrining o‘rtalariga kelib 
yopiq urug‘li o‘simliklarning bir urug‘ pallali, ikki urug‘ pallali sinfl arining ko‘p oilalari rivojlangan. 
Ularning xilma-xilligi, tashqi qiyofasi ko‘p jihatdan hozirgi zamon fl orasiga yaqinlashgan. Bo‘rning 
ikkinchi yarmida sutemizuvchilarning xaltali va yo‘ldoshli kenja sinf vakillari paydo bo‘lgan. Kaynozoy 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling