Fan: biologiya


Uslubi:______________ Ko’rgazmali qurollar


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Uslubi:______________
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid 
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
I.Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
II.Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
III.Yangi mavzuning bayoni:
Odam irqlari. Zamonaviy odamlarning hammasi bitta «homo sapiens» 
turiga mansub. Insoniyatning birligi, uning kelib chiqishining umumiyligi, tuzilishining o‘xshashligi turli 
xalqlar orasidagi nikohdan sog‘lom avlod tug‘ilishi bilan tasdiqlanadi. Homo sapiens sapiens turining 
ichida yirik sistematik guruhlar – irqlar mavjud. Irqlar bir-birlaridan, terisining rangi, ko‘zining, 
burnining, labining shakli, tanasining proporsiyasi, ba’zi biokimyoviy ko‘rsatkichlari, ekologik, xulq-
atvor va boshqa biologik xususiyatlari bilan farq qiladilar. Hozirda odamlarning 3 ta katta irqlari 
farqlanadi. Yevropoid irqqa mansub odamlar terisi och rangda (oq tanli), sochlari tekis yoki to‘lqinsimon, 
rangi sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir, ko‘zlari ko‘k yoki kulrang-yashil, lablari yupqa, burni ingichka, erkaklarida 
soqol-mo‘ylovlari yaxshi o‘sadi. Mongoloid irqqa mansub odamlarning terisi qora mag‘iz, sarg‘ish, 
ko‘zlari qo‘y ko‘z, sochlari tekis, qattiq va qora, yuqorigi qovog‘i osilgan. Mongoloid irq vakillari asosan 
Osiyoda tarqalgan, lekin migratsiya natijasida ular Yer shari bo‘ylab tarqalib ketganlar. Negroid irq – 
terisi qora, sochlari jingalak, qora, burni keng va yassi, qo‘y ko‘z. Ko‘pchilik vakillarida qalin lablari 
bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Olimlar fi kriga ko‘ra, hozirgi zamon odami shakllanish jarayonida uning 
dastlabki vatani hisoblangan Janubiy-Sharqiy Osiyo va unga qo‘shni Shimoliy Afrikada ikki irq – janubi-
g‘arbiy va shimoliy-sharqiy irqlar paydo bo‘lgan. Birinchi tarmoq keyinchalik yevropeoid va negroid 
irqlari, ikkinchisi esa mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Irqlarning kelib chiqishi, tabiiy 
tanlanish, mutatsiya, alohidalanish, populatsiyalarning aralashib ketishi kabi omillarga bog‘liq. Irqlar 
shakllanishining ilk bosqichida tabiiy tanlanish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Tabiiy tanlanish, 
muayyan sharoitda hayot faoliyatini yuksaltiradigan, adaptiv belgilarning populatsiyada saqlanishi va 
ko‘payishiga sabab bo‘lgan. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling