Fan: biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuning bayoni
- Bir va ko‘p hujayrali organizmlar va ularning hayot faoliyatidagi o‘zi ga xos xususiyatlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi muhitini yaratish. Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ Yangi mavzuning bayoni: Hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishning organizm darajasida tirik organizmlarning xilma-xilligi, hayotiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Organizm o‘z-o‘zini idora etuvchi biologik sistema. Organizm hayotiy jarayonlarni yuqori darajada tartiblangan tarzda namoyon etish, o‘z-o‘zini idora etish va tiklash xususiyatlariga ega, irsiy axborotni avloddan avlodga barqaror o‘tkazilishini ta’minlovchi yaxlit biologik sistema sanaladi. Botanika o‘quv fanida o‘simlik yaxlit organizm ekanligi haqida ma’lumot berilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda o‘simliklarda hayotiy jarayonlar: nafas olish, fotosintez, suv bug‘latish, harakatlanish, o‘sish, rivojlanishni yuqori darajada tartiblangan tarzda na moyon bo‘ladi, o‘z o‘zini idora etish va tiklash, ko‘payish xususiyatlariga ega, o‘zidagi mavjud irsiy axborotlarni keyingi avlodga barqaroro‘tka zilishini ta’minlovchi biologik sistema ekanligini qayd etish zarur.Organizm yoki alohida olingan individ populatsiya tarkibiga muayyan tuzilish va funksional tarkibga ega bir qismi sifatida kiradi va populatsiya – tur jarayonida muhimo‘rin tutadi. Bir va ko‘p hujayrali organizmlar va ularning hayot faoliyatidagi o‘zi ga xos xususiyatlar. Barcha tirik organizmlarda harakatlanish, nafas olish, oziqlanish, ayirish, modda va energiya almashinuvi, ichki va tashqi muhit omillariga qo‘zg‘alish orqali javob qaytarish, himoyalanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish orqali irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazishi kabi hayotiy jarayonlar kuzatiladi. Bir hujayrali organizmlar biosferada muhim o‘rin tutadi. Ular orasida fotosintezni amalga oshiradigan avtotrofl ar (yashil suvo‘tlari, sianobakteriyalar) suvo‘tlari bilan oziqlanadigan fi totrofl ar, yirtqich va parazitlik qiladigan geterotrofl ar, o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadigan saprofi tlar mavjud. Bir hujayralilarda metabolitik jarayonlar jadal sur’atda sodir bo‘ladi, shu sababli, biogeosenozda modda va energiya almashinuvida, ayniqsa uglerodning davra bo‘ylab aylanishida muhim ahamiyatga ega. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling