Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

2. Tarbiyaviy: 
Mavzuga oid bilimlar asosida o’quvchilarga tarbiyaviy tushunchalar berish va 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
3. Rivojlantiruvchi
fertil, kariotip, mikrotsefaliy, X trisomiyasi, Klaynfelter 
sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, nevropatolog, endokrinolog, ginekolog xaqida o’quvchilar 
bilimini rivojlantirish. 
Fanga oid kompetensiyalar: 
Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetentsiyasi.
Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o’tkazish kompetentsiyasi.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi 
Doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga 
intilish, hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani 
mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’zxatti harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul 
qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi. 
Uslubi:______________
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid 
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar. 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
Darsning borishi: 
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni: Reproduktiv salomatlikka inson salomatligini asrash va mustahkamlashning 
asosiy tarkibiy qismi sifatida e’tibor qaratiladi. Respublikamizda reproduktiv salomatlikni asrash bo‘yicha 
qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Reproduktiv (lot. re – tiklanish, takrorlanish ma’nosida, produco 
– yarataman). Reproduktiv salomatlik deganda insonning o‘zidagi mavjud irsiy axborotni keyingi avlodga 
yaxlit, genlarni mutatsiyalarga uchratmagan holda o‘tkazish natijasida o‘zidan sog‘lom nasl qoldirib, 
avlodlarning bardavomligini ta’minlash tushuniladi. Reproduktiv salomatlik – bu reproduktiv tizim va 
uning faoliyatiga bog‘liq barcha masalalar borasida faqat kasallik va kamchiliklar yo‘qligi bo‘libgina 
qolmay, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy muvaff aqiyatlar holati hamdir. Reproduktiv huquq – bu 
barcha er-xotin juftliklar va alohida shaxslarning farzandlar soni, ular orasidagi oraliq va ularning 
tug‘ilish vaqti haqida erkin hamda to‘liq mas’uliyat hissi bilan qaror qabul qilishi va buning uchun shart 
bo‘lgan ma’lumot va vositalarga ega bo‘lishi borasidagi asosiy huquqlarni tan olish sanaladi. Reproduktiv 
salomatlikka erishish uchun quyidagi tamoyillar: jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni oldini olish, 
tashxislash va davolash (OITSning oldini olish), bepushtlikning oldini olish, o‘sma kasalliklari va 
o‘sma oldi kasalliklarining oldini olish, farzandlarni ona suti bilan boqish, onalik va bolalikning 
muhofazasi, o‘smirlar reproduktiv salomatligi va jinsiy tarbiyasiga amal qilinishi lozim. Mamlakatimizda 
bolalar va o‘smirlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish – bu davlat siyosati darajasida eng 
ko‘p e’tibor qaratilayotgan masalalardan biridir. Respublikamizda ona va bola salomatligini muhofaza 
qilish tizimi rivojlanib, har bir viloyat va yirik shaharlarda perinatal va skrining markazlari tashkil etilgan. 
Umuman olganda, sog‘lom farzandni voyaga yetkazish, aholi, xususan, bolalar va o‘smirlarning 
reproduktiv salomatligini mustahkamlash bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling