Fan: Boshqaruv qobiliyatini shakllantirish


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 44.16 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi44.16 Kb.
#1613628
1   2   3
Bog'liq
Boshqaruv 4 amaliy Melikov Yashnarbek

Foydalanilgan adabiyotlar
1. E.Xojiev. Davlat va jamiyat boshqaruvining huquqiy asoslari. // Toshkent. -
“Yangi kitob”, 2017. 257 bet
2. A.Haydarov. Madaniyat va san’at sohasini boshqarish asoslari.O‘quv
qo‘llanma // Toshkent. -“Kamalak” nashriyoti, 2019. 192 bet
3. A.Xolov. Boshqaruv qarorlari ijrosini ta’minlashda rahbar mas’uliyati. // -
Toshkent: “Akademiya”, 2014, - 124 bet
4. O‘sha manba.19-bet.
5. N.Boymurodov. Rahbar psixologiyasi. - Toshkent, -“Yangi asr avlod” 2016,-
132 bet
6. N.Rahmatullayeva, A.Kamolov. Ijtimoiy menejment. // O‘quv qo‘llanma. -
T.: “Iqtisod-Moliya”, 2017. - 288 b
7. I.Mahmudov. Boshqaruv professionalizimi: psixologik tahlil. // - Toshkent:
“Akademiya” nashriyoti, 2011. - 304 bet
8. O.Salimov, Q.Quronboyev, M.Bekmurodov, L.Tangriyev. Boshqaruv
hikmati. // - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
“Ta’lim” nashriyoti, 2018, - 168 bet
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 3 / September 2022
Keys
Men keys sifatida “Liderlar kitobi” nomli kitobdan olingan bir parchani keltirmoqchiman. Bunda rahbar va liderning qiyin ahvolga tushishi va bu vaziyatda tutgan yo’li keltirilgan.
Ushbu voqea bundan olti asr muqaddam, ya'ni XV asrda bo'lib o'tgan. Ikkita katta kema Yevropadan Osiyoga qarab yo'lga chiqadi. Ikki kemaning ham o'z kapitanlari, ya'ni rahbarlari bor edi. Avval birinchi kema voqeasi bilan hikoyamizni boshlasak.
Birinchi kema kapitani Djon juda qattiqqo'l edi. U har doim barcha kema a'zolarini nazorat qilar, bir soniya ham hech kimni ishsiz qoldirmaslikka harakat qilardi. Uning boshqaruv falsafasi – xodimlar har doim harakatda bo'lishi, hech kimning bir soniya ham bo'sh vaqti bo'lmasligi, kema a'zolarida doimiy qo'rquv bo'lishi, bu – natija beradi, degan fikrda edi. Haqiqatdan ham, bu o'z natijasini berardi – kemada qat'iy tartib-intizom hukmron, hammayoq har doim top-toza, har kim o'z ishini bilib qilar, jamoa kun-u tun band, 24 soat harakatda edi.
Biroq, har doim jamoa a'zolarining ko'ngillarida yashirin qo'rquv hukmron edi. Ushbu kemada an'analar ustunlik qilar edi, hech kim hech qachon o'z tashabbusi bilan yangilik qilishga harakat ham qilmas edi. Sababi tashabbus jazolanardi.
Kema safarning 11 kuni qattiq to'fonga duch keladi. Kechasi bilan kema bortidagi barcha matroslar to'fon bilan kurashdi. Tabiat inson kuchidan ustunlik qildi va kema suv tubiga g'arq bo'ldi. Kema a'zolarining barchasi tirik qoldi, sababi to'fon shundoqqina kichik bir orolcha yonida sodir bo'lgandi. Shu orolcha kema a'zolarining joniga oro kirdi va ularning tirik qolishiga xizmat qildi. Tongda kema kapitani orolni aylanib chiqdi va barcha jamoani yig'ib majlis o'tkazdi. Unda kechagi to'fondan so'ng bor-yo'g'i 5 kunlik oziq-ovqat zahirasi qolgani va bu yerdan tez ketish taraddudini ko'rish lozimligini aytdi.
Eng yaqin insonlar yashaydigan katta orolga yetib borishlari uchun vaqtinchalik kema qurish kerakligi va bu ishni 3 kunda amalga oshirish lozimligini ta'kidladi. Barchaga ish bo'lib berdi, o'zi ularni qattiq nazoratga olishni boshladi. Ikki kunlik tinimsiz mehnatdan so'ng hamma charchadi va kapitandan biroz dam olishga ruxsat so'rashdi. Biroq tushuntirish va urinishlar zoe ketdi. Kapitan faqat olg'a, deb baqirar, bir soniya ham hech kimga tinim bermasdi. Uchinchi kuni kechasi hamma charchagan, holdan toygan holda zo'rbazo'r ishlar edi. Bir chol kemani eng nozik joyi bo'lgan pastki qismini randalayotganda ko'zi ketib qoldi va yog'ochni qalinligini keragidan ortiq yupqa qilib qo'ydi. Uchinchi kun kapitan ta'kidlaganidek, kema ham tayyor bo'ldi. Uni tekshirishga ham vaqti bo'lmadi va barchaga tez kemaga chiqishga topshiriq berdi. Kapitan o'zining qattiqqo'lligidan xursand edi, chunki u o'z natijasini bergan edi, ya'ni 5 kunda tayyor bo'lishi kerak bo'lgan kemani 3 kunda tayyorlatgan edi...
Hikoyamizni navbatdagi qahramoni bo'lgan ikkinchi kema sarguzashtlari bilan davom ettirsak.
Demak, ikkinchi kema ham dengizga savdo-sotiq uchun yo'lga chiqqan edi. Kema kapitani shotlandiyalik Allan edi.
U xaqiqiy lider edi, ya'ni har doim jamoasi uchun qayg'uradigan, uning uchun shaxsiy yutuqdan ko'ra jamoaviy yutuqlar muhim edi. Jamoasini qiyin vaziyatlardan aql zakovati bilan olib chiqar va safdoshlari u bilan har qanday qiyinchiliklardan aslo qo'rqmasdi, chunki ularning kapitani haqiqiy yetakchi edi. Jamoa a'zolari bir-birlari bilan madaniyatli, ziyoli kishilardek munosabatda bo'lishar, kemada har doim yuqori kayfiyat, do'stona muhit, xursandchilik avjida, hamma o'z ishini bilib qilgan, tozalik va tartib hukmron edi.
Safarning 9 kuni qattiq shamol va to'fon boshlandi. Jamoa nechog'li harakat qilishmasin, foydasi bo'lmadi - kema kichik bir orolchaga borib urildi va dengiz sathiga g'arq bo'ldi. Tongda barcha kema a'zolari orolchada yotishardi. Hammaning ko'nglidan faqat bir hadik o'tardi: nima endi shu orolchada o'lib ketamizmi?!
Kapitan Allan orolni ko'zdan kechirib chiqib, bu yerda yashash uchun hech qanday imkoniyat yo'qligini tushungan edi. U hammani o'z oldiga yig'di va baland ovozda jamoasiga murojaat bilan chiqdi.
“Hurmatli kemamiz a'zolari. Biz-birimizni ko'p yillardan beri taniymiz. Biz bir jamoa, bir tan-u bir jon bo'lib ketganmiz. Hayotimiz davomida juda ko'p qiyinchiliklarni ko'rganmiz va ularni birgalikda yengib o'tganmiz. Bugun Xudo bizni yana bir sinovga duchor qildi. Bizning oldimizda ikkita yo'l mavjud.
Birinchisi, zahiramizda 5 kunlik oziq-ovqat bor, taqdirga tan beramiz va 5 kun bor zahiramiz bilan oziqlanamiz. Oltinchi kuni och qolamiz. 8-kuni ochlik bizni hayvonga aylantiradi. 9-kuni kuchlilar kuchsizlarni yeyishni boshlaydi. 11-kuni kuchlilar bir-birini yeyishni boshlaydi. 14-kuni eng kuchlimiz yolg'izlikda, azobda, qiynalib o'ladi. Kelajakda farzandlarimiz bizlarni qidirib kelishadi va bizni taqdirimizni ko'rib hayratlanadi va bizning farzandimiz bo'lganidan ming marta afsuslanadi hamda biz tarixda “vahshiylar” degan nom olamiz.
Ikkinchi yo'l esa. Biz bor aqlimiz, salohiyatimiz va kuchimizni birlashtiramiz va yangi kema yasaymiz. Bu yerda katta daraxtlar mavjud. SHunday kema yasaymizki, bizdan so'ng u farzandlarimizga, avlodlarimizga meros bo'lib qolsin. Ushbu kema kelajak avlod uchun bizning jamoamizning naqadar mustahkam bo'lganini eslatib tursin. Tasavvur qiling, biz yana okeanga qaytamiz, suv shovqini, yuzingizga urib turgan shabadani his qiling. Marhamat, kelinglar kelishib ikki yo'ldan birini tanlaylik. Hamma o'z fikrini aytishga haqli”.
Barcha bir ovozdan ikkinchi yo'lni, ya'ni yangi kema yasashni tanlashdi va o'zlari bilib-bilib, ishni boshlashdi. Kema Lideri Allan ham yeng shimarib barcha qatori mehnat qilar, kerakli joyda jamoa bilan maslahatlashar edi. To'rtinchi kun kema tayyor bo'ldi, uni suvga tushirib tekshirishdi. Ushbu kema avvalgi kemadan ancha ishonchli edi. Kema o'z manzili sari yo'lga otlandi.
Demak, birinchi kapitan, ya'ni qattiqqo'l rahbar Djon hikoyasiga qaytamiz. Dengizga chiqqanining ikkinchi kuni kemani pastki qismidan suv o'tishni boshlabdi. Barcha tushunib yetdi - dam olishsiz, shoshma-shosharlik bilan yasalgan kema sifatsiz edi. Uchinchi kuni kema dengiz sathiga barcha a'zolari bilan g'arq bo'libdi...
Ikkinchisi – Allan boshchiligidagi kema esa manzilga shamol tezligida yetib boribdi. Ushbu mustahkam kema yillar davomida xizmat qilibdi. Eng qizig'i, bu kema hozir ham SHotlandiyada saqlanyapti. Har yili Allan kabi ajoyib Lider va uning mustahkam jamoasining sharofati bilan yaratilgan kemani ko'rishga millionlab turistlar tashrif buyurishadi. Kapitan Allan aytganidek, bu kema necha asrlardan buyon avlodlarga xizmat qilmoqda.

Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling