Fan bo’yicha tayanch konspekt qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar
Aristotelning iqtisodiy qarashlari
Download 22.05 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar
6. Aristotelning iqtisodiy qarashlari.
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.o 384–322) hisoblanadi. O’z mamlakatida shakllangan natural-xo’jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo’lgan. Uning iqtisodiy savollar bo’yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu erda Aristotel, xuddi Platonga o’xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o’ziga xosligi shundan iboratki, unda xo’jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu erda Aristotel boylik topish va ehtiyojlarni qondirish usullari to’g’risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko’rsatib beradi. 7. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Katta Mark Portsiy Katon (m.av. 234–149) o’zining «Dehqonchilik to’g’risida» asarida qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligidagi asosiy tarmoq deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qo’llashga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e’tibor berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo’jalikda ishlab chiqarish mumkin bo’lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to’g’risida fikr yuritdi. Zaytun yog’ini eng foydali mahsulot deb hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo’rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo’lgan. Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda deb bilgan va qiymatni to’la ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritgan. Masalan, uningcha, barcha «qiymat o’zagini» material sarflari, usta va yordamchilarga to’lanadigan haq tashkil etadi. Download 22.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling