Fan: dasturiy ta’minot qurilmasi va evolyusiyasi


Download 52.76 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi52.76 Kb.
#1108570
Bog'liq
iv69cwtuQi9PEKn7dct7ogjUqxxWbr2RGXbdSR3j

25-26 mavzu. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish metodologiyasi. Agile Unified Process metodologiyasi.


Dasturiy taʼminotni konstruktsiyalash atamasi kodlashtirish, tekshirish, modulli sinov, integratsiya tekshiruvi va nosozliklarni tuzatish kabi jarayonlardan iborat dasturiy tizimni batafsil ishlab chiqishni tavsiflaydi.
Ushbu bilim sohasi boshqa sohalar bilan bog'liq. Eng kuchli bog’liqlik dasturiy ta'minotni loyihalash (Software Design) va dasturiy ta'minotni sinash (Software Testing) sohalari bilan mavjud. Buning sababi, dasturiy ta'minotni konstruktsiyalash jarayonining o'zi loyihalash va sinov faoliyatining muhim jihatlariga tegishlidir.
Bundan tashqari, konstruktsiyalash loyihalash va sinov natijalariga asoslanadi. Konstruktsiyalash, loyihalash va sinov o'rtasidagi chegaralarni aniqlash juda qiyin, chunki ularning barchasi dasturiy ta’minot hayotiy davri jarayonlarining yagona kompleksiga bog'langan.
Konstruktsiyalash jarayoni bu quyi darajadagi loyihalash va kodlashni o'z ichiga olgan dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonidir. Quyi darajadagi konstruktsiyalash - bu dasturiy ta'minot arxitekturasini yanada batafsil ishlab chiqish: ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashda sinflarni loyihalash, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma'lumotlar bazasi tuzilishini yaratish (ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi), Web dasturlari va tarkibiy qismlarini tashkil qilish va boshqalar.
Dasturiy ta'minotni konstruktsiyalash (“Software Construction”) bilim sohasi quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
  • murakkablikni pasaytirish (Reduction in Complexity),
  • uslubdan og'ishning oldini olish (Anticipation of Diversity),
  • sinovlarni tuzilmalashtirish (Structuring for Validation),
  • tashqi standartlardan foydalanish (Use of External Standards).

Konstruktsiyalash bosqichidan oldin bir qancha batafsil loyihalashtirish ishlari bajarilishi mumkin bo'lsa -da, bu turdagi loyihalashtirish ishlarining katta qismi konstruktsiyalashga parallel yoki uning bir qismi sifatida sodir bo'ladi. Bu "Dasturiy ta’minotni loyihalash" bilim sohasi bilan bo'lgan munosabatlarning mohiyati.
O'z navbatida, konstruktsiyalash faoliyati davomida muhandislar modulli va integratsion testlardan foydalanadilar. Shunday qilib, ushbu bilim sohasi dasturiy ta'minotni sinash sohasi bilan bog'liq.
Tegishli instrumentlardan foydalanmasdan konstruktsiyalashni amalga oshirish mumkin emas, haqiqatdan, bu soha instrumentlardan foydalanish bo’yicha boy soha hisoblanadi,shuning uchun konstruktsiyalash sohasida "Dasturiy injiniring vositalari va usullari" (Software Engineering Tools and Methods )bilim sohasi muhim rol o'ynaydi.
Albatta, sifat kafolati masalalari tajriba va hayot aylanishining barcha bosqichlariga tegishli. Shu bilan birga, kod dasturiy loyihaning asosiy natijaviy elementi hisoblanadi. Shunday qilib, muhokama qilingan masalalarning “Dasturiy ta'minot sifati” (Software Quality) mutaxassisligi bilan aloqasi mavjuddir.
Tegishli dasturiy ta'minot fanlaridan ushbu bilim sohasining eng yaqin va tabiiy aloqasi informatika bilan bog'liq. Odatda ularda algoritmlar va kodlash amaliyotini yaratish va ishlatish masalalari ko'rib chiqiladi. Konstruktsiyalash loyihani boshqarishga ham taalluqlidir, ya’ni konstruktsiyalash natijalariga erishishda konstruktsiyalashni boshqarish faoliyati muhim o’rin tutadi.

Эътиборингиз учун рахмат !!!


Download 52.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling