Fan: Falsafa Mavzu: Pedagogik faoliyatda etika, estetika va mantiq


Tushunchaning mazmuni va hajmi, ularning turlari


Download 1.66 Mb.
bet2/4
Sana10.04.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1349029
1   2   3   4
Bog'liq
Ahmedov Jasur sirtqi pedagogika va psixalogiya yo\'nalishi 103-guruh talabas (1)

Tushunchaning mazmuni va hajmi, ularning turlari


Tushuncha bu predmetlarning zaruriy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Mantiqda predmet tafakkur predmeti sifatida nazarda tutiladi. Unga buyumlar (kitob, qalam), buyumlarning xossalari (issiq, sovuq), buyumlar munosabati (yaqin, uzoq), jarayonlar (o’qimoq, yozmoq) kiradi. Fikr predmetida nafaqat real mavjud bo’lgan buyumlar, balki xossa va munosabat hamda inson ongidagi g’oya, nazariya kabilar ham tushuniladi.
Tushuncha tafakkur shakli bo’lganligi uchun yuqorida aytilganidek sezgi, idrok va tasavvurdan farqli o’laroq unda predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazi aks etadi. Tushuncha predmetlarning muhim belgilarini in'ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga ko’ra borliqni chuqurroq, to’laroq ifodalaydi. Tushuncha inson miyasida to’g’ridan-to’g’ri aks etmasdan, ma'lum bir mantiqiy usullardan foydalanish orqali hosil bo’ladi. Bu usullarga taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish kiradi:
Tushuncha usullar
taqqoslash yordamida predmetlarni boshqalari bilan o’zaro solishtirilib, ularning o’xshash va umumiy belgilari hamda boshqalaridan ajratib turuvchi yakka belgilari aniqlanadi;
analiz yordamida predmetni fikran tashkil qiluvchi muhim belgilar alohida ajratilib, har qaysisi o’rganiladi. Sintez analizga teskari jarayon bo’lib, unda fikran ajratilgan predmetning belgilari birlashtirilib, bir butun holga ketiriladi. Sintez yordamida predmet haqida yaxlit fikr hosil qilinadi;
abstraktsiyalash yordamida predmetning umumiy va yakka belgilaridan uning mohiyatini tashkil etuvchi muhim tomonlarlariga o’tiladi hamda nomuhimlaridan chetlashiladi
umumlashtirishda predmetlarning ayrim umumiy o’xshash, muhim xususiyatlariga ko’ra bitta umumiy tushunchaga birlashtiriladi va shu yordamida umumiy belgiga ega predmetlarning sinfi haqida fikr yuritiladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling