Xulosa chiqarish.
Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma'lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarishning asosiy mohiyati ma’lum bilimlar asosida noma’lum bilimlarni keltirib chiqarishdir. YA’ni xulosa chiqarish orqali biz borliqning bizga ma’lum jihatlari orqali uning noma’lum jihatlari haqida bilim hosil qilamiz.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak. Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi.
Deduktiv xulosa chiqarish (sillogizm). Oddiy qat’iy sillogizm. Ma’lumki, deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo'ladi. Sillogizm qo’shib hisoblash, degan ma’noni anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa chiqarishning ko’proq ishlatuiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o’zaro mantiqiy bog’langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi-yangi qat’iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabkimlardan biri, albatta,yo umumiy tasdiq, yoki umumiy inkor mulohaza bo'ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo’lmaydi. Shunga ko’ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo'ladi.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |