Fan: Falsafa Mavzu: Pedagogik faoliyatda etika, estetika va mantiq
Download 1.66 Mb.
|
Ahmedov Jasur sirtqi pedagogika va psixalogiya yo\'nalishi 103-guruh talabas (1)
Mulohaza. Xulosa chiqarish.Mulohaza (Hukm)Birinchi savolni yoritishda talabalar e’tiborini hukm – tafakkurning mantiqiy shakli sifatida predmetga ma’lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli ekanligiga qaratish lozim. Insonning olamni in’ikos etish jarayoni faqat olam voqea-hodisalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilib, tushunchalarning mohiyatini anglab olish bilan chegaralmaydi. U mazkur jarayonda tushunchaning boshqa tushuncha bilan muayyan munosabatini ham o‘rnatib, olam haqida yangi bilim olishga intiladi. Tushunchalarda ifoda etilgan bilimlar, binobarin, buyumlar yanada yangi jihatlari bilan tafakkurda ishtirok etib, uning imkoniyatlarini chuqurlashtiradi. Masalan, «O‘zbekiston» va «Respublika» degan muhokamani tahlil etsak, bunda ikkita «O‘zbekiston» va «Respublika» tushunchalari mavjudligini uchratamiz. Mazkur tushunchalar oddiy gramatik qurilmada gap o‘rnida kelsa-da, ammo tafakkurda ularning biri ikkinchisi bilan muayyan belgilarni izohlash orqali bog‘langan. Hukm - tushunchalar orasidagi belgiga, munosabatga, mavjudlikka oid jihatlarning chin yoki yolg‘onligini tasdiq yohud inkor shaklida ifoda etadigan tafakkur shaklidir. Hukm tafakkur shakli bo‘lsa-da, uni so‘z birikmasi orqaligina ifodalash mumkin. Shu bois hukm va gap bir -biri bilan bog‘liqdir. Hukm - grammatik qurilma hisoblangan gapda namoyon bo‘lsa, gap esa mazmuniga ko‘ra muayyan fikrlardan iboratdir. Ma’lumki, gaplar darak, so‘roq, buyruq. va undov gaplarga bo‘linadi. Mazkur gaplarning atigi bittasi - darak gapgina tugal fikrni ifodalab, hukmga muvofiq keladigan fikrni anglatadi. Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda oddiy hukmlarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». 2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm «Hech bir S-P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha Ye harfi bilan belgilanadi. 3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S-Pdir» formulasi orqali ifodalanadi. 4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «ba’zi talabalar sport bilan shug‘ullanmaydilar». Uning formulasi «ba’zi S-P emas» bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling