Fan: falsafa mavzu:“Qadimgi Sharqda asotiriy va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi”


Download 1.29 Mb.
bet1/6
Sana05.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1750001
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5328086202622947993

  • FAN:FALSAFA
  • MAVZU:“Qadimgi Sharqda asotiriy va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi”
  • Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi.
  • Sharq falsafasi va uyg’onish davri.
  • XIX asr oxiri XX asr boshlarida falsafiy tafakkur.
  • ‹Falsafa» atamasining kelib chiqishi va ushbu fanning mazmun-mohiyati. «Falsafa» tushunchasining asoslari bayon qilin- gan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi
  • «filosofiya» so‘zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglati- shi ta’kidlanadi.
  • Shu ma’noda, falsafa barcha fanlar rivojlanishiga asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yo‘llarini belgilab beradigan umuminsoniy va uni- versal ilm sohasidir. U qadim zamonlardayoq ‹barcha ilmlar- ning otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog‘liq mos ekani, jamiyat manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira oli- shiga bog‘liq.
  • ‹Falsafa» atamasi ‹filosofiya» so‘zining Sharq ijtimoiy tafak- kuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosorya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida ‹do- nishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
  • Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o‘tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o‘zi va o‘zgarar qadrini to‘g‘ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko‘zga tashla- nadi. Ammo, Forobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko‘pdan- ko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling