Fanning o`quv dasturi (sillabus)


Download 178.8 Kb.
bet1/12
Sana04.02.2023
Hajmi178.8 Kb.
#1159823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
МТТ-SILLABUS 03.12. (2)




FANNING O`QUV DASTURI (SILLABUS)



Akademik
daraja

Bakalavr

Ta`lim yo`nalishi

Maktabgacha ta`lim

Fankodi

EcoTheo M 103

Modul

1.1 –semestrning
1-moduli

Fannomi

Maktabgacha ta’lim asoslari

Modulning davomiyligi

16 hafta

Kredit hajmi
(1 kredit=30 soat)

ECTS: 3

Tayyorladi

N.Ergasheva,
PhD., v.b. dosent
ergasheva-78@mail.ru.

Ajratilgan soat
hajmi

180

Sana



2022 yil 17 oktabr



72 (aud)

108 (must)

O`qituvchining qabul vaqti

Dushanba 14:00-15:00
Seshanba 15:00-16:00



FANNING MAQSADI
Ushbu Sillabus fanning maqsad va vazifalarini tavsiflaydi. Bu talabalarga maktabgacha ta’limning nazariy asoslarini, pedagogikaning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, maktabgacha ta’limga oid tamoyillarini o`rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko`nikmasini hosil qilishga ko`maklashadi.
Maqsadlar talabalarga quyidagilarni o`rganish imkonini beradi:

  • O’zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi, uning rivojlanish bosqichlari;

  • Maktabgacha ta’lim sohasi bo’yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari, shakl va usullari;

  • Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari;

  • Oila, maktab va mahalla hamkorligi;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish.

FAN BO`YICHA TALABANING BILIMI, KO`NIKMASI VA
MALAKASIGA QO`YILGAN TALABLAR
Mazkur fanni o`rganish davomida talaba:
Bilish va tushunish jihatidan:
Ushbu fanni muvaffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lishlari kerak:
• maktabgacha ta’lim va tarbiyaga oid tushunchalar, nazariyalarni bilishi va tushunishini namoyish etish;
• maktabgacha ta’lim va tarbiyaga oid terminlardan foydalanish;
• maktabgacha ta’limning huquqiy-me’yoriy asosini tahlil qilish;
• maktabgacha ta’limga oid nazariy bilimlar va amaliyotni taqqoslash;
Tahlil jihatidan:
Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lishlari:
• maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan pedagogik faoliyatni sharhlash;
• maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasiga oid bilimlardan amaliy faoliyatda foydalanish;
• maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasiga oid ma`lumotlarni yozma, raqamli, jadval ko’rinishida tahlil qilish;
• pedagogik muammolar va vaziyatlarni tahlil qilish;
• pedagogik usullar va texnologiyalarni o’rgangan holda samarali qo`llash;
• pedagogik vaziyatlarda duch kelinadigan muammolar bo`yicha yechimlar qabul qila olishlari lozim.
Baholay olish jihatidan:
Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lishlari kerak:

  • maktabgacha ta’limga oid ma`lumotlarni tahlil qilish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanish ko`rsatkichlarni baholash;

  • Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan Davlat talablarida belgilangan mezonlarni tahlil qilish;

  • Maktabgacha ta’limning davlat o’quv dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarilishini tahlil qilish.



Fanga ajratilgan soatlar. Fanga ajratilgan umumiy soatlar hajmi 180 soat bo`lib, auditoriya soati uchun 72 soat, mustaqil ta`lim uchun 108 soatni tashkil etadi. Auditoriyada jami 68 soat fan mavzulari o`qitiladi va oraliq, yakuniy imtihonlar uchun 2 soatdan vaqt ajratilgan.


FAN BO`YICHA MASHG`ULOTLAR REJASI





Download 178.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling