Fanning o`quv dasturi (sillabus)


Download 178.8 Kb.
bet9/12
Sana04.02.2023
Hajmi178.8 Kb.
#1159823
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
МТТ-SILLABUS 03.12. (2)

Vazifa/topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda o`qituvchi tomonidan LMS platformasi orqali berilgan muammoli vaziyat/masala/mantiqiy muammolarga va test savollariga javoblarini yuklab boradi.

Oraliq nazorat (ON). Ushbu nazorat turi semestrning belgilangan kunida dars mashg`uloti vaqtida (yozma shaklda) olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

  1. Test. Modulning 4-haftasida o`tilgan mavzular asosida uch darajali testlar asosida (5-10).

  2. Atamalar izohi. Fanga doir ijtimoiy-iqtisodiy qonun-qoidalar, kategoriyalarning ma`nosi yozma ko`rinishda izohlanadi (5-10 ta).

  3. Muammoli vaziyat. Masala yoki muammolarni hal etish/yechish bilan bog`liq vazifalar aks etadi (2 ta).

Yakuniy nazorat. Kredit-modulning oxirgi (16-haftada) haftasida test, atamalar izohi va muammoli vaziyat (oraliq nazoratdan keyingi o`tilgan mavzular asosida) aks etgan holda amalga oshiriladi (yozma shaklda).
LOYIHA ISHINI BAJARISH BO`YICHA KO`RSATMALAR
Talaba keng qamrovli bilimlarga ega bo`lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog`lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish, ya`ni talabadan o`z ustida tinmay ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi hamda chuqurlashtirishi uchun mazkur fandan loyiha ishini bajarish talab etiladi.
Loyiha ishida aniq bir amaliy vazifani yechish va tadqiqot ob`ekti sifatida muayyan bir bozor ob`ekti yoki firmalar olinishi mumkin. Loyiha ishi mini guruhlarga bo`lingan holda kurs davomida ikki marta topshiriladi. Loyiha ishida bir yoki bir-biri bilan bog`langan bir nechta masalalarni komanda bo`lib tayyorlash va himoya qilish talab etiladi. Loyiha ishini bajarish davomida talabalar qo`yilgan muammoni mustaqil anglay bilish, sababiy bog`liqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratiga ega bo`ladilar.
Loyiha ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:

  1. Loyiha ishi mavzusini tanlash.

  2. Mavzuga doir bibliografiya va me`yoriy, qonuniy hujjatlar, yo`riqnomalarni yig`ish.

  3. Loyiha ishining rejasini tuzish.

  4. Loyiha ishini belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirish.

  5. Loyiha ishini himoyaga tayyorlash.


Download 178.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling