Fan: falsafa mavzu:“Qadimgi Sharqda asotiriy va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi”


Download 1.29 Mb.
bet4/6
Sana05.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1750001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5328086202622947993

xalifaligi va Islom falsafasi.
  • Movarounnahr arab xalifaligi tarkibiga kiritilishi arafasida Turk qog‘onoti tizimiga mansub edi. U mayda amirliklardan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida tinimsiz to‘qnashuvlar ro‘y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog‘onoti bi- lan sosoniylar Eroni o‘rtasidagi to‘qnashuvlar o‘ta shiddatli tusda yuz berar edi.
    • XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movaroun- nahr hududida yashovchi xalqlar, Ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo‘qligi, o‘zaro qirg‘in-barotlarning avj olishi sabab bo‘ldi.
    • Movarounnahrga arab xalifaligi bilan birga Islom dini ham kirib keldi. Ushbu dinning nazariy asoslari musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lmish Qur’on va Hadislarda aks etgan bo‘lib, Islom asrlar davomida yurtimiz tarixi va xalqimiz tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatgan.
    • Bu haqda manbalar ko‘p va biz shu sabab bu to‘g‘rida keng to‘xtamaymiz. Islom falsafasi va uning nazariy hamda amaliy masalalari haqida ham yurtimizda manbalar bisyor.
    • Islomda kalom ilmi shakllangan va u islom ilohiyotining o‘ziga xos falsafıy ta’1imotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishda Qur’onga tayanadi va Ollohning haqligi, uni olamning yaratuv- chisi ekanligi, olam va insonning Olloh tomonidan yaratilgani va odamzodning tangri oldida mas’ul ekanligini ta’kidlaydi.
    • Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom vafotlaridan buyon o‘tgan asrlar davomida Islomda turli mazhablar va oqimlar shakllandi, kalom bilan yonma-yon ma’naviy jarayonlar silsilasida mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o‘rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari ham namoyon bo‘ldi.
    • Qadimgi Yunon falsafasi an’analarida siyosiy faoliyat va donishmandlik ko‘p hollanda bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘lsa, Islom falsafasida siyosatga, aksincha, inson faoliyatining yuksak bir shakli sifatida qaraladi. Islomda davlatni boshqarish — bu san’at, ammo u ‹Olloh hammani teng qilib yaratgan» degan ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilmog‘i zarur, ijtimoiy adolat esa teng huquqlilikka amal qilish tufayli barqaror bo‘la oladi, deb hisoblanadi.
    • Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. Musulmon Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz hudu- didan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuni chetlab o‘tmagan.
    • Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Moturidiy va imom Burxoniddin Marg‘inoniylar peshqadamlik qilganlar. Imom Buxoriy (810-870-yillar) yirik ilohiyotchi, mu- haddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to‘plagan, ulardan ishonchli deb topganlarini maxsus to‘plam holiga keltirgan. Bu to‘plam ‹Saxixi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir. Imom iso Termiziydan (824-892) «Sunani Termiziy meros bo‘1ib qolgan. Bu mazhab- ning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu Mansur Moturidiy (vafoti 944-y.)ning «Tavhid» va «Ta’vilot» asar- larida va Burhoniddin al-Marg‘inoniy (1123—1197)ning Hidoya» to‘plamida o‘zining yorqin ifodasini topgan.
    • Dunyoviy ilmlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy (783—850) va Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 797—865) butun musulmon Sharqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk allomalardir. Muhammad al-Xorazmiy arab xalifaligining poytaxti Bag‘dodda «Donishmandlik maskani» (•Bayt ul-hikma••) ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», ‹Hind hisobi to‘g‘risida risola», «Quyosh soati to‘g‘risida risola», «Musiqa haqida risola», «Tiklash va qarshi qo‘yish hisobiga oid muxtasar kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi.
    • Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor bo‘lgan Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 798-y.da Quvada tug‘ilgan)
    • astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning
    • «Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «Astronomiya asoslari» asarlarida koinot xaritasi tuzdi.
    • Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo‘g‘rofiy kengliklar to‘g‘risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi yo‘nalishlariga asos solingan. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida dunyoqarashni shakllantirishning muhim omillari bo‘lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahliga ta’siri sezilib turdi.
    • XIV asrning oxiri-XV asrning boshlarida Amir Temur amalga oshirgan harbiy yurishlar natijasida o‘lka mustaqilligi qo‘lga kiritildi. Temur va temuriylar davrida uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnash bosqichi bo‘ldi. Ma’naviyatga homiylik harakati avj oldi. Bunga Samarqandda Ulug‘bek astronomiya maktabining vujudga kelishi, rasadxonaning qurilishi, mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqalarning fandagi jonbozligi yaqqol misoldir.
    • Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir.
    • Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o‘tgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan.
    • Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda.
    1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling