Fan: Falsafa savol va topshiriqlar 3-mаvzu: fаlsаfiy tаfаkkur tаrаqqiyoti bosqichlаri: G’аrb fаlsаfаsi rejа
Download 117.5 Kb.
|
Dilafruz falsafa 3-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv predmeti : “Fаlsаfа” Keysning аsosiy mаqsаdi
- Muаmmoning echimini topish uchun mulohаzа yuriting!
- 1.Rim imperiyasi hayotining so’nggi davrlaridagi falsafiy oqimlar. Rim
- 2. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi.
- 4. Milliy falsafiy maktablar
- 5. Milliy falsafiy maktablarning umuminsoniy yutuqlari
- 6. «Nemis klassik falsafasi» mi yoki «Nemis milliy falsafasi» mi Immanuil Kant
- 7. Yevropa Uyg’onish davri falsafasini o’rganishimizning ahamiyati.
Bajardi: Djalilova Dilyafruz 19/24-guruh talabasi Fan: Falsafa SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 3-MАVZU: FАLSАFIY TАFАKKUR TАRАQQIYOTI BOSQICHLАRI: G’АRB FАLSАFАSI REJА: 1. Qаdimgi Yunon-Rim fаlsаfiy mаktаbi. 2. Ilk O’rtа аsr G’аrb fаlsаfаsi rivojlаnishining umumiy belgilаri. 3. Yangi vа eng yangi dаvr fаlsаfаsining ustuvor yo’nаlishlаri. Mаvzuning tаyanch iborаlаri:Metаfizikа, diаlektikа, epikurizm, Plаton, Gerаklit, Аristotelь, sхolаstikа, аpologetikа, uyg’onish dаvri, milliy fаlsаfiy mаktаblаr, mutlаq ruh, metod, sistemа, tаriх fаlsаfаsi, nemis milliy fаlsаfаsi, rus fаlsаfаsi, teotsentrizm, reаlizm, nominаlizm, аntropotsentrizm, gumаnizm, empirizm, rаtsionаlizm, “nаrsа O’zi”dа, ideаlistik diаlektikа. O’quv topshiriq: Rim imperiyasi hayotining so’nggi davrlaridagi falsafiy oqimlar. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi. «Uyg’onish davri» tushunchasi Milliyfalsafiymaktablar Milliyfalsafiymaktablarningumuminsoniyyutuqlari «Nemisklassikfalsafasi»miyoki «Nemismilliyfalsafasi»mi? YevropaUyg’onishdavrifalsafasinio’rganishimizningahamiyati. O’quv predmeti: “Fаlsаfа” Keysning аsosiy mаqsаdi: Evropаdа O’rtа аsrlаr, Uyg’onish dаvri vа yangi zаmon fаlsаfiy tаfаkkuri tаrаqqiyotining mohiyatini ochish. Muаmmo: O’rtа аsrning аsosiy хususiyati shuki, bu dаvrdа g’аrbiy Evropаdа хristiаn dini hukmron mаfkurаgа, dunyoqаrаshgа аylаnаdi. Din bilimning bаrchа sohаlаrini, shuningdek fаlsаfаni hаm O’zigа bO’ysundirаdi.O’rtа аsrlаr fаlsаfаsidа butun reаllik sifаtidа tаbiаt emаs, bаlki ilohiy mohiyat, хudo tаsаvvur etilgаn. Хudo tO’g’risidаgi tа’limot. Хudo mаvjudligini isbotlаshgа intilish. Ilohiy tа’limotlаrning tаlqin etilishi. Muаmmoning echimini topish uchun mulohаzа yuriting! 1. Sхolаstikа nimа? 2. Yevropа O’rtа аsrlаr fаlsаfаsi degаndа nimаni tushunаsiz? 3. “Uyg’onish dаvri” tushunchаsini qаndаy tаlqin etаsiz? 4. Mаvzuni o’rgаnishning hozirgi dаvrdаgi аhаmiyati nimаdаn iborаt? 1.Rim imperiyasi hayotining so’nggi davrlaridagi falsafiy oqimlar. Rim, Qadimgi Rim — qad. davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka Romul va Rem tomonidan miloddan avvalgi 754/753 yilda asos solingan. Rivoyatlarda 8 — 6-asrlarda hukmronlik kilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi 3-asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan R. yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu R.ni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushlaritsan soʻng miloddan avvalgi 146 yil Karfagen ustidan gʻalaba qozongan R., Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab boʻlgan; Rim shahri koʻchalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan. R.ning ijtimoiy-siyosiy hayotida miloddan avvalgi 1-asrda armiya va uning yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G. Pompei va boshqalar) katta rol oʻynay boshlaganlar. 49—45 yillardagi fuqarolar urushi davrida Sezar davlatning mutlaq hukmdoriga aylangan; 44 yil respublika tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U miloddan avvalgi 27 yil senatdan Avgust unvonini olgan. Avgust hukmronligi davridan boshlab R. imperiyaga aylangan. Milodiy 2-asrda Trayan davrida imperiya sarhadlari oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari, ayni vaqtda varvarlarning mamlakat xududiga bostirib kirishlari bir qancha provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib chiqishiga va imperiyani Sharqiy va Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395) olib kelgan. 476 yil german yollanma askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana 1000 yilga yaqin mavjud boʻlgan. Falsafasi. Ellinizm davri Yunoniston falsafasi taʼsirida rivoj topdi. R. falsafasining ilk davri polis mafkurasining inqirozi bilan bogʻliq boʻlib, bu paytlarda tafakkur din va mifologiyadan xalos boʻldi (miloddan avvalgi 3—1-asrlar). Kar Lukretsiy (miloddan avvalgi 99 —55)ning "Narsalarning tabiati haqida" poemasida Epikur (miloddan avvalgi 342— 270) taʼlimotini yokladi, atomistik materializmni sheʼriy shaklda tavsifladi, mayda zarralar — atomlardan tashkil topgan olam hamisha harakatda deb taʼkidladi, uning bu asari materializm rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Imperiya vujudga kelgan davr (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 1-asr)da imperiya va imperator shaxsiyati ilohiylashtiriddi, 4— 5-asr faylasuflari Platon va Aristotel asarlarini tashviq qildilar. 2. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi. Ilk falsafiy fikrlar qadimgi Hindiston, Xitoy, O'rta Osiyo va Yunonistonda kelib chiqqan. Qadimgi falsafiy fikrlar taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Yunoniston edi. Qadimgi yunon falsafiy fikri dastlab Kichik Osiyo g‘arbidagi Ioniya orolida vujudga keldi va rivojlandi. Milet Ioniya dengizi qirg‘og‘ida joylashgan yirik shahar bolib, Yunoniston bilan Eron, Misr, Vaviloniya va Qora dengiz bo‘yidagi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo va madaniy aloqalaming markazi edi. Milet falsafiy maktabining asoschilari — Fales, Anaksimandr va Anaksimenlardir. Milet maktabiga mansub faylasuflar uchun sodda dunyoqarash xos bolib, borliq haqidagi ta’limotida yaqqol o‘z ifodasini topdi. . Yuqorida nomlari tilga olingan Milet maktabining namoyandalari borliq asosiga muayyan bir moddiy unsurni qo‘yadilar. Masalan, Fales — suvni, Anaksimandr — apeyronni (cheksiz, chegarasiz moddiy narsa), Anaksimen esa — havoni olamdagi barcha narsalar mana shu moddiy unsurlaming turlicha holatidir, deb tushuntirganlar. Shunisi ahamiyatliki, ular olamning moddiyligini va manguligini ham e’tirof etganlar. Bu qarashlar keyinchalik Geraklit tomonidan rivojlantirilgan. U Kichik Osiyoning Efes shahrida dunyoga kelgan (miloddan oldingi 530—470-yillar), Geraklit Milet maktabi namoyondalaridan farqli 3‘laroq, olamdagi"barcha narsa va hodisalarning asosi — o‘t (olov). ieb ta’kidladi. Olamdagi narsa va hodisalarning cheksizligiga, turlitumanligiga/Geraklitning fikrieha, boshlang'ich o'tning mangu harakati va o'zgarishi sababchidir. Biroq, uning falsafasidagi eng qimmatli fikr — harakat,taraqqiyot haqidagi g'oya hisoblanadi. Geraklitning fikrieha, olam doimiy harakat jarayonidan iborat. Olamda doimiy o'zgarmas biron narsa yo'q, undagi hamma narsa o‘sib, o‘zgarib boradi. Olamdagi bunday doimiy jarayonni Geraklit daryodagi suv oqimiga o‘xshatadi. Uning fikrieha, oqib turgan daryoga ikki marta tushib bo'lmaydi. Ikkinchi marta tushganda, oldingi suvlar allaqachon oqib ketgan bo'ladi. Bu esa, dialektika haqidagi dastlabki g‘oyalardir. Olam dialektikasi to'g'risidagi bu tasavvur Geraklit tomonidan to'g'ri ifoda etilgan bo'lib, u hamma narsa bor va shu vaqtning o'zida yo'q, chunki hamma narsa oqib turadi, hamma narsa o'zgarib boradi, hamma narsa doim vujudga keladi va yo'qolib ketadi, degan qarashdan kelib chiqadi. Mana shu davrda atomistik ta’limot ham vujudga keldi. Qadimgi Yunonistondagi atomistik ta’limotning asoschilari Levkipp va Demoknt hisoblanadi. Masalan, Demokrit olamning asosi atomlar (mayda, bo'linmas, moddiy zarrachalar) va bo'shliqdan iborat, turli-tuman narsa va hodisalar shu atomlarning turlicha qo'shilishidan tashkil topgan, deb ta’kidlaydi. Demokrit atomistik va deterministik g'oyalarini o'zining kosmogonik nazariyasiga ham tatbiq etdi. Atomlar o'zlarining fazodagi tartibsiz harakatlari jarayonida, bir tomondan, o'zaro to'qnashib, bir-birini parchalab boradi. Ikkinchi tomondan, bir-biriga qo'shilib, tuproq, suv, havo, o'tdan quyun shaklida harakatlanuvchi ko'p dunyolarni vujudga keltiradi. Demokritning kosmogonik ta’limoti (ayniqsa, Yer va unda hayotning paydo bo'lishi masalasida) garchi sodda bo‘Isa-da, katta ilmiy ahamiyatga ega edi. Qadimgi Yunonistonda ruhni, g'oyani olamning asosi sifatida talqin etuvchi falsafiy qarashlar ham vujudga kelib, rivojlanib bordi. Bunday falsafiy qarashlarning asoschilari Pifagor, Suarot, Aflotundir. QaSImgi Yunonistonda bunday dunyoqarashni rivojlantirib, uni dastlab muayyan tizim holiga keltirishga harakat qilgan faylastif Aflotun edi. Aflotunning falsafiy qarashlari, asosan, uning „Bazm", „Teetet", ,,Fedon“ nomli dialoglarida, siyosiy qarashlari esa, „Davlat“ va „Qonunlar" nomli asarlarida bayon etilgan. Aflotun ta’limoticha, olamda „g'oyalar dunyosi“ birlamchi bo'lib, hodisalar dunyosi esa, uning mahsuli, soyasidir. „G'oyalar dunyosi" zamon va makonga bog'liq bo'Imay, mangu, harakatsiz, o'zgarmasdir, u — haqiqiy dunyodir. Dunyodagi narsa va hodisalar zamon va makonga bog'liq bo'lib, o'tkinchi tabiatga ega. Chunki, ular vujudga keladi va yo'qoladi. Aflotun nuqtayi nazaricha, „g'oyalar dunyosi“da eng oliy g'oya — yaxshilik va baxt g'oyasi — Xudodir. Boshqa g'oyalarning hammasi u bilan bog'liq. Aflotunning bilish nazariyasida ham muhim tomonlar bor. Uning ta’limoticha, „g'oyalar dunyosi" aqliy bilish obyektidir. Moddiy dunyo, narsalar to'g'risidagi tasawurlarimiz esa, hissiy bilish orqali paydo bo'ladi. Aflotunning fikricha, hissiy bilish haqiqat emas. Moddiy narsalarning boshlang'ich asosi, mohiyati bo'Igan „g'oyalar dunyosi“ni faqat sof tafakkur orqali bilish mumkin. Aflotun Qadimgi yunon falsafasining eng yirik namoyondasi hisoblanadi. Uning ta’limoti o'rta asrda va, ayniqsa, hozirgi zamon falsafasidagi turli oqimlarning nazariy asosi bo'lib kelmoqda. Aflotun falsafiy qarashlarini, xususan „g'oyalar" nazariyasini birinchi bo'lib tanqid qilgan uning vatandoshi, falsafa rivojiga katta hissa qo'shgan mutafakkir Arastudir (miloddan oldingi 384-322- yillar). U sermahsul faylasuf bo'lib, ayrim asarlari bizning davrimizgacha ham yetib kelgan. Arastuning yirik asarlari „Metafizika" (yoki „Birinchi falsafa"), „Fizika", „Jon to'g'risida", „Analitika", „Kategoriyalar", „Siyosat", „Ritorika" va boshqalardir. Shunisi diqqatga sazovorki, Arastu Aflotun ta’limotini tanqid qilish bilan birga, umuman unga qarshi chiqa boshladi. Uningcha, moddiy olam abadiy va obyektiv xarakterga ega bo'lib, hech qanday Aflotun ,,g‘oya“siga muhtoj emas. Tabiat esa, moddiy asosga ega bo'Igan narsalar yig'indisidan iborat, u har doim harakatda va. o'zgarishdadir. Arastuning bilish nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega. Arastu Aflotunning bilish nazariyasini rad etib, moddiy dunyo bilishning predmeti va sezgilarimizning obyektiv manbayi ekanligini nazariy asoslab berishga harakat qildi. 3. «Uyg’onish davri» tushunchasi 0‘rta asming asosiy xususiyati shundan iborat ediki, bu davrda G‘arbiy Yevropada xristian dini asta-sekin hukmron mafkuraga, dunyoqarashga aylanib bordi, Din bilimning barcha sohalarini, shu jumladan, falsafani ham o‘ziga bo‘ysundiradi. Pyotr Domiani iborasi bilan aytganda, falsafa „ilohiyat xizmatchisi“ga aylanib qoldi. Bu falsafa — „sxolastik (sxolastika — lqtincha so‘z bo‘lib, ,,maktab“ degan ma’noni anglatadi) falsafa“, degan nomni oldi. - XIV va XVI asrlar G‘arbiy Yevropa tarixida Uyg^onish davri hisoblanadi. Bu davrda, dastlab Italiyada, so‘ngra Yevropadagi boshqa mamlakatlarda feodalizm bag‘rida kapitalistik ishlab ehiqaravchi kuchlar rivoji tabiatshunoslik ilmi va falsafaning taraqqiyotiga olib keldi. Bu davrda astronomiya, matematika, mexanika, fizika, jug‘rofiya, fiziologiya sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar yanada kuchaydi. Tabiat bilimlaming yagona manbayi va taraqqiyotining asosi bo‘lib qoldi. Bulaming hammasi inson aqlini o‘rta asr sxolastikasidan ozod qihshni, uning e’tiborini tabiiyilmiy bilishning muammolariga qaratishrii talab qilardi. Ana shunday sharoitda o‘rta asr sxolastikasini inkor etuvchi^ insonning aqlzakovatini ulug-loychi falsafiy qarashlar vujudga kela boshladi. Bunday qarashlaming dastlabki ifpdachisi sifatida Nikolay Kuzanskiyning (1401—1461 -yillar) ta’limotini ko'rsatish o'rinlidir. U bir qator ilg'or falsafiy g'oyalari bilan ko'zga ko'rindi. Awalambor, uning borliq “haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir. Sxolastik falsafa namoyandalari„borliq“ deganda Xudoni tushungan bo'lsa, N.Kuzanskiy borliqdagi barcha narsani tushunadi. ,$orliq — hamma narsadir“, deydi u. N. Kuzanskiyning bu fikri o'z mohiyati bilan panteistik tabiatga ega bo'lib, diniysxolastik ta’limotga zid edi. N.Kuzinskiy ilgari surgan g'oyalar Nikolay Kopernik va Galileo Galileyning qarashlariga ta’sir ko'rsatdi. Xususan, N. Kuzanskiyning ,})epoyonlik ,/oheksizlik “ haqidagi g'oyalari Kopernik tomonidan geliotsentrik g'oyani asoslashda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Uning hamma narsaning birligi haqidagi panteistik g'oyasi Jordano Brunoning panteistik falsafasini keltirib chiqardi. Shunday qilib, Uyg'onish davrining asosiy xususiyatlari: tabiiyot fanlarining yanada rivojlanishi, falsafaning sxolastikadan voz kechib, tabiatga yaqinlashishi, adabiyot va san’atda insonparvarlik g'oyalarining kuchayishi bilan belgilanadi. Ma’lumki, XVII asr oxiri va XVIII asrda bir talay G'arbiy Yevropa mamlakatlari, xususan, Gollandiya, Angliya, Fransiya kapitalistik taraqqiyot yo'liga o'tdi. Kapitalistik taraqqiyot tajribaviy bilimlaiga ehtiyojni yanada oshirib yubordi. Bu esa, moddiy olamdagi narsa va hodisalarni chuqur o'rganish, tabiat qonunlarini bilish zaruriyatini tug'dirdi. Shunday sharoitda falsafa insonning amaliy hayoti va faoliyati uchun zarur bo'lgan obyektiv haqiqatni ochib beruvchi fan deb qarala boshlandi. Ana shu olijanob ishga bel bog'lagan faylasuflardan biri Frensis Bekon (1561 —1626-yillar) bo'ldi. U falsafaning asosiy masalasi bilishning yangi ilmiy uslubini yajatishdir, deb chiqdi. Shu munosabat bilan Bekon fanning predmeti va vazifasini qayta ко'rib chiqib, ilmiy bilishning maqsadi — insoniyatga foyda keltirishdir. Shundagina, u o'z vazifasini oqlaydi. Barcha fanlaming vazifasi — insonning tabiat ustidan hukmronligini mumkin qadar ko'proq ta’minlashdir, deydi mutafakkir. „Bilim — bu kuchdir“, shiori ham F.Bekonga mansubdir. Agar Bekon ilmiy bilishning tajribaga asoslangan induktiv uslubini ishlab chiqib, fanga katta hissa qo'shgan bo'lsa, uning zamondoshi fransuz mutafakkiri Rene Dekart (1596—1650-yillar) esa, aksincha, ilmiy bilishning deduktiv uslubiga o'z e’tiborini qaratdi. Dekart dunyoni bilishda birinchi o'ringa aqlni qo'yadi. Buni uning, ,/nen fikrlar ekanman, men mavjudman ", degan mashhur so‘zlari tasdiqlaydi. Dekart fikrieha, falsafaning birinchi masalasi — ishonchli bilimga olib boradigan uslub masalasidir. Uni ishlab chiqishni Dekart o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi. Dekart ishlab chiqqan ilmiy bilishning deduktiv uslubi analitik yoki ratsionalistik deb ham ataladi. 4. Milliy falsafiy maktablar Qadimgi Turon zaminida dastlabki diniy-falsafly qarashlar miloddan oldingi VIII—V asrlardayoq shakllana boshlangani ma’lum. Miloddan awalgi VI asrdan to milodning HI asrigacha bu yerda zardushtiylik va u bilan bogliq bolgan dualistik dunyoqarash tarqalgan edi. Zardushtiylik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrning hukmron mafkurasi,ijtimoiy-siyosiy, axloqiyfalsafiy qarashlarining mushtaraklashgan ifodasi edi. Zardushtiylikning nazariy asosi bundan 2800 yil oldin yozilgan ,,Avesto“ adabiy yodgorligining mazmuniga kirgan diniyfalsafiy g‘oyalardir. ,,Avesto“da qadimgi kishilaming inson, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va uni bilish yollari haqidagi tasawurlari umumiy tarzda ifoda etilgan. Zardushtiylikning jamiyat tarixi to‘g‘risidagi g‘oyalari Tavrot va Qur’ondagi tasawurlarga juda yaqin bolib, unda tasvirlangan birinchi odam — Ilmadir. Boshqa odamlar undan tarqalgan. Ilmaning hukmronlik davri oltin davr hisoblanadi. U davrda odamlar olim nimaligini bilmagan. Xudo — Axura Mazda abadiy bahorni yaratgan. Natijada, odamlar baxtli va farovon yashadilar. Lekin bir paytga kelib, odamlar gunoh ish qilib qo‘yadilar, ya’ni taqiqlangan molning go‘shtini yeydilar. Shunda Axra Manyu (,,Axriman“) — yovuzlik Xudosining qahri kelib, odamlarga qor va sovuqni yuborgan. Ilma odamlar va mollarni sovuqdan saqlab qolish uchun uy qurib, unga barcha tirik narsalardan bir juftdan joylashtirgan. Shundan keyin tarixning birinchi davri — oltin davri tugab, ikkinchi davri — yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchincki davr — insoniyatning kelajagi davridir. Bu davrda qadimgi odamlarning baxt-saodat, adolatli jamiyat haqidagi orzu-umidlari ushaladi. Yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurashda Xudo Axura Mazda g'olib chiqib, baxtli hayot saltanati qaror topadi, o'lganlar tiriladi, gunohkorlar jazolanadi. Zardushtiylikda o'sha davming huquqiy va axloqiy qarashlari ham o'z ifodasini topgan. Zardushtiylikning axloqiy majmuasida mehnatsevarlik, adolat, halollik, yaxshilik asosiy o'rinni egallaydi. ,,Avesto“da ibtidoiy davrdan feodal davrgacha bo'lgan axloqiy qoidalar o'z aksini topgan. Zardushtiylikning axloqiy asosini uch narsa — ezgu fikr, ezgu so ‘z va ezgu amal tashkil etadi. Yaxshi fikr Axura Mazda Xudosining hislati (ramzi), yomon fikr esa — Axra Manyu Xudosining xislati hisoblanadi. Zardushtiylik jamiyatda odamlar tinch yashashi, bir-biriga samimiy munosabatda bo'lishi, bir-biriga yordam qilishi g'oyalari. tarafdori bo'lib, shafqatsizlik, zo'ravonlik, shuhratparastlik, hasad qilish, tuhmat, jahlga yo'l qo'yish, va’daga vafosizlik kabi illatlami qoralaydi. Zardushtiylikda insoniy burch faqat axloqiy yo'l-yo'riqlami o'zlashtirishdan iborat bo'libgina qolmasdan, balki oilaviy turmush, yaxshi yor va farzand to'g'risida ham o'ylash ekanligi ta’kidlanadi. Umuman,zardushtiylikda oilaviy burch va farzand tarbiyasi masalasi alohida o'rin tutadi. Zardushtiylikda O'rta va Yaqin Sharqdagi huquqiy qarashlar ham o'z ifodasini topgan. Qadim zamonlardan beri kishilarning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga solib turuvchi urfodatlar va axloqiy. qoidalar mavjud bo'lgan. Zardushtiylikda ular Axura Mazda Xudosi nomidan ilohiy qonun darajasiga ко'tariladi. ,,Avesto“da huquqiy qoidalar tartibli tarzda ifoda qilingan bo'lmasa ham, o'sha davming huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan va ularni to'g'ri aks ettirgan. 5. Milliy falsafiy maktablarning umuminsoniy yutuqlari Shakllangan va rivoj topgan qadimgi Sharq jamiyati asoslari milodning II—III asrlariga kelib asta-sekin yemirila boshlaydi. Uning zaminida feodal munosabatlar rivoj topadi. Bu jarayonning murakkab va ziddiyatli kechishi o'sha davrlardagi falsafiy qarashlarda ham aks etdi. Shuning oqibatida zardushtiylikdan yangi oqim — moniychilik kelib chiqadi. Bu ta’limotning asoschisi Moniy degan kishi bo'lib, u 216—217-yillarda tug'ilgan va 276-yilda Jundishopur shahrida qatl etilgan. Moniy ta’limoticha, olamda nur dunyosi — yaxshilik va zulmat dunyosi — yovuzlik mavjud. Ular o'rtasida abadiy kurash boradi. Lekin, pirovard natijada yaxshilik tantana qilishi, inson o‘z xulqi va butun hayoti bilan yorug'likning zulmat bilan kurashishiga yordam berishi va yaxshilikning tantanasi uchun xizmat qilishi kerak. Moniy ta’limoti quldorlik davlatiga, shuningdek, hukmron dinga qarshi qaratilganligi uchun, uning tarafdorlari hukmron siyosiy kuchlar va din ulamolari tomonidan qattiq quvg'inga duchor bo'ldilar. V asrning oxiri va VI asrning boshlarida 0 ‘rta Osiyo va Eronda kuchayib borayotgan zulmga qarshi Mazdak boshchiligida xalq ko‘zg‘aloni ko‘tarildi. Bu harakat ayovsiz ravishda bostirildi. Mazdakning o'zi esa, dahriylikda ayblandi. Mazdakchilar mafkurasi jamoa yerlarini bosib olishga qaratilgan harakatni va dehqonlarning qaramligiga qarshi kurashishni himoya qilishga qaratilgan edi. Mazdak ta’limoti zardushtiylikdagi yorug‘lik va jaholat, yaxshilik va yovuzlik kurashining dualistik aqidalaridan kelib chiqadigan falsafiy qarashlarga asoslanar edi. Lekin, mazdakchilikda sof falsafiy va diniy masalalar katta o'rin tutmaydi. Unda ijtimoiy masalalar birinchi o‘rinda turadi. Mazdak ta’limoticha, asosiy yovuzlik — boylikka hirs qo'yish va kambag'allikdir. Bular g‘arazgo‘ylik, bir-birini ko'rolmaslik, qasos olishning sabablaridir. Ijtimoiy adolatsizlikga qarshi kurash, hasadgo'ylik, bir-birini ko‘ra olmaslik, qasos olishni bartaraf etish, haqiqiy insoniy munosabatlarni vujudga keltirishning yo‘li — Xudoga toat-ibodat qilishdir. Miloddan awalgi II va l asrlarda Turon zaminida buddizm ham keng tarqalgan. Turkistonning Marv, Balx, Termiz, Sig‘nok, Quva, Koson, Samarqand, Buxoro kabi shahar va viloyatlarida ham buddachilik ta’limoti aqida va marosimlarini ishlab chiqishda, ularni boshqa Sharq mamlakatlarida targ'ib etishda alohida o'rin tutgan markazlar bo‘Igan. 6. «Nemis klassik falsafasi» mi yoki «Nemis milliy falsafasi» mi? Immanuil Kant (22-aprel 1724, Kenigsberg — 12-fevral 1804, oʻsha yerda) — nemis faylasufi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri. Kenigsberg universitetida professor (1770—1796). Mantiq va metafizikadan hamda tabiiy fanlardan, xususan, geografiyadan dars bergan. Kant krititsizm yoki transsendental falsafaning asoschisi hisoblanadi. Kant falsafasi quyidagi rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi: 1) tabiiy-ilmiy bosqich (1747—1755) — bu davrda «Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» (1755) asarini yozdi, bunda u oʻzining kosmogonik nazariyasini olga surdi (qarang Kant gipotezasi); 2) metafizik bosqich — u Volf metafizikasidan voz kechib, … 3) tanqidiy bosqich — bu davrda Kant koʻproq bilish muammolari bilan shugʻullandi. «Sof aqlning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1789), «Mulohaza qobiliyatining tanqidi» (1790) asarlari shu davrda yozilgan. Kant bilish nazariyasida agnostitsizmga moyil. Kant bilish jarayonida «narsa oʻzida» bilan «biz uchun narsa»ni bir-biridan farq qiladi. «Narsa oʻzida» — oʻzicha mavjud boʻlgan obʼyektdir. «Biz uchun narsa» — obʼyektning inson idrok qilgan qismidir. Uning fikricha, inson «narsa oʻzida» (mohiyat)ni bilishga qodir emas, u faqat «biz uchun narsa»ni, yaʼni hodisalarni bilishi mumkin. Kant agnostitsizmi inson bilimi aniq tarixiy harakterga ega ekanligi bilan chegaralanganligiga, inson hech vaqt hamma narsani oxirigacha bilib ololmasligiga asoslangan. Borliqning barcha qismlari bilish obʼyekti boʻla olmasligi ham bu yerda muhim ahamiyatga ega; 4) tanqidiydan keyingi bosqich — bu davda Kant mantiq, pedagogika, tabiiy geografiya va pragmatik antropologiya (yaʼni harakterologiya)ga oid maʼruzalarini nashr ettirdi. Kant fikricha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ega boʻlavermaydi. Insonda aprior (tajribagacha) bilimlar ham boʻladi. Bular tugʻma bilimlardir (masalan, matematika, falsafa). Ilmiy bilishning ishonchliligi va haqiqiyligi uning eng umumiyligi va zaruriyligi bilan belgilanadi. Kant oʻz falsafasida bilish nazariyasini birinchi boʻlib falsafiy muammo sifatida atroflicha ishlab chiqishga harakat qildi. Kantning axloqiy qarashlari uning «Axloq metafizikasi asoslari» (1775), «Inson tabiatidagi azaliy yomonlik» (1792) kabi asarlarida bayon qilingan. Axloqiy burchni axloqiy qonun shaklida taʼriflaydi. Uning maʼnosi shuki, har bir inson shunday xatti-harakat qilishi lozimki, bu boshqalar uchun ham qoidaga aylansin. Kant vijdonni axloqiy hakam deb taʼriflaydi. Insonlarning bir-biriga muhabbati va hurmati asosiy insoniy burchlardir. Gaman, Gerder va Yakobi Kantning gʻoyalariga qarshi chiqdilar. Fixte, Shelling, Gegel esa oʻzlarining idealistik metafizikasini Kant nomi bilan bogʻladilar. Kant oʻzining ijtimoiy falsafasida axloqni siyosatdan ustuvorligini taʼkidlaydi. U boshqa xalqlar yerlarini bosib olib oʻzini oqlashga urinishni, jinoyat qilib oʻz aybiga iqror boʻlmaslikni, «ajratib tashla va xukmronlik qil» aqidasini axloqqa zid xatti-harakat deb baholaydi. Kantning fikricha, inson xuquqi muqaddasdir. Kantning qarashlari keyingi ilmiy va falsafiy tafakkur taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 19-asrning 60-yillarida Kant gʻoyalari asosida neokantchilik vujudga keldi. Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) fikricha,insoniyat o’z taraqqiyotida qonuniy ravishda gumanizmga keladi,ya’ni ular tabiat tomonidan ato etilgan kuchlarni o’zlarining tafakkur va axloqini mukammallashtirish,bir-birlariga ijobiy ta’sir ko’rsatish yo’lida sarflaydilar.Gerderning fikricha,insoniyat tarixi quyosh sistemasi tarixining bir qismidir.Tarixiy taraqqiyot,uning fikricha,uchun ilgari yuz bergan kosmologik taraqqiyot bilan bog’langan.Gerder inson va hayvonot olamining o’zaro bog’liqligini qat’iy ta’kidlagan.Insonning ustunligi uning tik yura olishidir.Hayvonlarda hid va ta’m sezgilari rivojlangan,odamda esa ko’rish sezgisi kuchliroq,uning qo’llari ozod bo’lgani sababli unda yaratuvchilik faoliyati, ayniqsa sa’nat taraqiy etgan. Bular uning nutq qobilyatini taraqqiy ettirgan. Inson o’z faoliyati bilan tashqari muhitni, iqlimni o’zgartiradi.Inson tabiat saltanati va < XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Kant faoliyatining ikkinchi davri boshlanad iva < sof aqlni tan’qid> (1781), <
Kanning fikricha, < Kant inson bilimini ikki guruhga ajratadi: 1. Tajriba asosida hosil bo’ladigan bilimlar (aposteriori) . 2. Tajribagacha yoki unga bog’liq bo’lmagan bilimlar (apriori). Fazo, vaqt, sababiyat kabi tushunchalar aprior bilimlar shakli bo’lib, bular tajriba natijasida hosil qilinadigan bilimlardan ustun turadi. Tajribaviy bilimlar aloxida-aloxida olingan, bir-biri bilan bog’lanmagan xodisalarni ifodalasa,tajribagacha bo’lgan aprior bilimlar esa xodisalar o’rtasidagi umumiy sababiy va zaruriy bog’lanishlarni,ya’ni qonuniyatlarni ifodalaydi. Dunyo qonuniyatlarining obyektiv xususiyatga ega ekanligini Kant mutlaqo tan olmaydi.Uning fikriga ko’ra,kishilarning idroki tabiatga qonunlar ato qiladi. shuning uchun xam inson aqli tabiatga moslashishi kerak emas, balki tabiat inson aqliga moslashishi lozim. 7. Yevropa Uyg’onish davri falsafasini o’rganishimizning ahamiyati. Yevropa musikasida Uygʻonish davri tamoyillari dastlab 14-asrda tashkil topgan ilgʻor yoʻnalish — "Are nova" namoyandalari (ayniqsa, Italiyadagi vakillari — F. Landino va boshqalar) ijodida oʻz ifodasini topdi. Ular dunyoviy mazmundagi ilk professional vokal musiqa shakllari (ballada, madrigal, kachcha va boshqalar)ni ijod qilishdi, sheʼriy matnlar mazmuniga alohida ahamiyat berib ifodali, erkin tuzilishdagi kuylar yaratishdi. Uygʻonish davri cholgʻu musiqaning dastlabki mustaqil shakl va janrlari (richerkar, prelyudiya, fantaziya, tokkata) yuzaga keldi, ayniqsa lyutnya, klavesin va klavikord musiqasi keng rivoj topdi. Ijodkorlar va musiqa nazariyotchilarining antik davr badiiy merosiga qiziqishi tufayli yangi janrlar (mas, yunon tragediyasini "tiklash" jarayonida — opera), koʻp ovozli musiqada polifoniyankng qatʼiy uslubi, keyinchalik gomofoniya uslubi k,aror topdi. Diniy musiqa janrlari (messa, motet) isloh qilindi, notalar chop etilishi joriy etildi, jonli musiqa amaliyotini umumlashtiruvchi musiqa nazariyasi (Tinktoris, J. Sarlino) rivoj topdi. Aynan shu davrda muayyan xalklarda yangi milliy va mahalliy kompozitorlik maktablari paydo boʻldi: niderland (Dyufai, Y. Okegem, J. Depre), fransuz (K. Janeken va boshqalar), nemis (G. Fink va boshqalar), ingliz (Dansteybl, U. Byord va boshqalar), ispan (K.de Morales va boshqalar), Rim (Palestrina), Venetsiya (A. va J. Gabriyeli) va boshqa Uygʻonish davrining pirovardida Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq mavzu va obrazlariga qiziqish kuchayib, ingliz G. Pereyem va fransuz J. Ramo umumsharqona ekzotikani ifodalashgan. Bular anʼanasi keyinchalik Sohibqiron Amir Temurni bosh qahramon sifatida gavdalantirgan Italiya (A. va D. Skarlattilar, A. Vivaldi va boshqalar), Germaniya (G. Gendel, G. Teleman va boshqalar) mualliflarining operalarida teranlashgan. Uygʻonish davrida teatr sanʼati xayot koʻzgusi hisoblanib, koʻpqirrali inson xarakteri, real voqelik ziddiyatlarini aks ettirishga alohida ahamiyat berdi. Bu davr teatr namoyandalari antik drama tajribalaridan foydalanib xalq tomosha sanʼati anʼanalarini rivojlantirdilar, kundalik hayot zavqshavqini idrok qilishga daʼvat etilgan dunyoviy sahna asarlarini yaratishga harakat qildilar (L. Ariosto, A. Politsiano, N. Makiavelli va boshqalar). Ispaniyada Uygʻonish davridagi teatr rivoji M. Servantes va Lope de Vega, Angliyada U. Shekspir ijodi bilan bogʻliqdir. Uygʻonish davrida teatr sanʼati professional omillari kuchaydi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati nazariyasi qaror topdi, ilk teatr binolari qurildi. Uygʻonish davri meʼmorligi qad. anʼanalarni oʻzlashtirib, uni yangi mazmun bilan boyitdi, yangi meʼmoriy qurilmalar vujudga keldi, koʻp qavatli uylar, yangi qiyofadagi jamoat binolari qad koʻtardi. Binoni tashqi va ichki tomonlarini bezash, kenglikni tashkil etish borasida xam muayyan yutuqlarga erishildi. Bu oʻzgarishlar Italiyaning Florensiya, Piza, Siyena, Genuya, Milan, ayniqsa, Venetsiya sh.larida juda sezilarli boʻldi. Ulkan binolar, gʻoyat katta gumbazli va bir nechta ustunli saroy va ibodatxonalar qurildi, ayniqsa, florensiyalik meʼmorlar antik meʼmorlik anʼanalari va order tizimidan unumli foydalandi. Bu anʼanalarni oʻrta asr Italiya meʼmorlik texnikasi yutuqlari, mahalliy qurilish xom ashyolari va konstruksiyalari bilan uygʻunlashtirib, renessans meʼmorligi uslubini yaratdilar. Devor sathi tekisligining yaxlitligiga eʼtibor kuchaydi, meʼmorlik mujassamotining chizikli ritmi va mutanosibligiga, xonaning kengligiga, uning yaxlit va koʻrkamligiga ahamiyat berila boshlandi; turar joy va ibodatxonalar qurilishi ham yangilandi. Shaharning ijtimoiy maʼmuriy markazi tarhi va tuzilishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi tipi paydo boʻldi. Florensiyada shakllangan yuksak Uygʻonish davrining mumtoz uslubi Rimaa, keyinroq Venetsiyada monumental yodgorliklar (monumental sanʼat) yaratilishiga sabab boʻldi. Yirik meʼmoriy ansambllar vujudga keldi, "ideal" shaharlarning loyihalari yaratildi. Italiya meʼmorligida paydo boʻlgan yangi anʼanalar Uygʻonish davrining buyuk meʼmorlari ishlarida uz aksini topdi. Jumladan, Filippo Brunelleski katta gumbazli bino qurish muammosini hal qildi (diametri 42 m boʻlgan 8 qirrali gumbazli SantaMariya del Fore sobori), L. Alberti oʻzi yaratgan yangi meʼmoriy kompozitsiyalarini ilmiy nazariy bayon qilgan "Meʼmorlik toʻgʻrisida 10 kitob" asari bilan nazariyotchi olim sifatida namoyon boʻldi. Shu tarzda yuksak Uygʻonish davri meʼmorligi uslubiga zamin yaratildi. Yuksak Uygʻonish davri ning asosiy tamoyillari Rimda shakllandi va rivojlandi, davrning insonparvarlik gʻoyalari ulugʻvor va hashamatli meʼmoriy kompozitsiyalarda oʻz ifodasini topdi. Amaliyotda antik meʼmoriy orderlar erkin va ijodiy ishlatila boshlandi, meʼmoriy uslublar birlashtirilib yagona milliy meʼmorlik uslubi shakllandi. D. Bramante, Rafael, Mikelanjelo va boshqa murakkab meʼmoriy majmualarida yuksak mahorat, boy ilm va nazariy fikr, oʻtkir tafakkurni namoyon qildilar, badiiy yechimining goʻzalligi, nisbat va shakllar oʻyinining boyligi, kompozitsiya yechimining rang-barangligi insonga zavq bagʻishlaydigan meʼmoriy makonni yaratdilar. Soʻnggi Uygʻonish davrida yirik meʼmoriy inshootlar oʻrnini xususiy buyurtmalar kengroq egalladi. Villa, palatsso qurilishi sohasida koʻzga koʻrinarli ishlar qilindi. Bogʻpark meʼmorlik uslubi (bogʻ tuzish sanʼati) shakllandi. Pastbalandlikka ega boʻlgan maydonda bogʻ yaratish muhim ahamiyat kasb etdi: pastbalandliklar birbiri bilan murakkab zinalar orqali bogʻlandi, tepalik va qiyaliklar turli bezak qurilmalar (gʻor, suv kaskadlari, favvora, haykallar) hamda manzarali oʻsimliklar bilan bezatildi. Asosiy yoʻl, qolgan yoʻlka va zinalar darvozaga yoʻnaltirilgan boʻlib, kompozitsiyaning tugal boʻlishini taʼminlagan. Meʼmoriy nazariy masalalarga eʼtibor ortdi. Bunyod etilayotgan binolarni ilmiy asoslashga intilish kuchayib, bir nechta ilmiy asarlar yaratildi. 16-asr oʻrtalaridan Italiyada maxsus oʻquv yurtlari, akademiyalar tuzildi va ularda meʼmorlikka oid taʼlim berilishi muhim voqea boʻldi. Bu esa Yevropa meʼmorligining keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi, meʼmoriy klassitsizm tamoyillarining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida (shartli ravishda "shimoliy" deb nomlangan) 15-asrda rivojlandi. Gotika anʼanalarini ijodiy anglagan ustalar ayrim hodisalarni amaliy yoʻl bilan oʻzlashtirib bordilar. Niderlandiya va Germaniyada Uygʻonish davri meʼmorligi soʻnggi gotikaning taraqqiy etgan davriga toʻgri keldi (Antverpendagi ratusha, 1561—65, meʼmori K. Floris; Germaniyaning Geydelbergidagi saroy, 1556—59). 16-asr oʻrtalarida Fransiyada antik davrga hamda Italiya Uygʻonish davri meʼmorligiga asoslangan oʻziga xos meʼmoriy uslub shakllandi (Shambor qasri, 1519—40, meʼmori T. va D. Surdo, P. Nevo va boshqalar). Ispaniya, Chexiya, Polsha, Vengriya Uygʻonish davri meʼmorligi oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlgan (Pragadagi Belveder yozgi saroyi, 1535— 63, meʼmori J. Spatsio va boshqalar). Uygʻonish davrining buyuk gʻoyalari, ayniqsa, tasviriy sanʼatda yorqin ifodalandi; hayotga muhabbat, insonga, uning irodasi va aqliga katta ishonch bildirildi. Antik davr merosini ijodiy oʻzlashtirgan italyan rassomlari zamonasining ilmfan yutuklariga tayanib inson va uni oʻrab turgan muhitni haqqoniy aks ettirishga urindilar. Ular sanʼatni perspektiva, proporsiya, nursoya, ritm, rangshunoslik, hajm, rakurs va h.k. hamda odam tanasi tuzilishi haqidagi aniq bilimlar bilan boyitdilar, ikonadan kartinaga oʻtildi, haykaltaroshlik mustaqil janrga aylandi, freska sanʼati kjsaldi. Yangi davrning ilk xususiyatlari 13—14-asrlar rassomlar (rassom Jotto, haykaltarosh N. Pizano) ijodida kuzatildi, 15-asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash rassom Mazachcho, haykaltarosh Donatello ijodida yorqin namoyon boʻldi. Yuksak Uygʻonish davri Italiya sanʼatida nisbatan qisqa davrni oʻz ichiga oladi, lekin mazmunan juda ulug boʻlib, Italiya sanʼatining "oltin asri" hisoblanadi. Bu davr Leonardo da Vinchining psixologik taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan Rafael polotnolarida, kurash ruhi bilan yoʻgʻrilgan Mikelanjelo rangtasvir va haykaltaroshlik asarlarida, Jorjone, Titsianning koloritga boy hayotbaxsh kartinalarida va boshqalarda namoyon boʻldi. 16-asrning 2choragidan boshlangan Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik goyalarning barbod boʻlishi va soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy, hayotbaxsh sanʼati va madaniyati oʻrnini tushkun gʻoyalarni ilgari suruvchi tashqi jihatdan yaltiroq, lekin hayotdan, uning muammolaridan uzoq boʻlgan sanʼat (manyerizm) egallay boshladi va keng yoyildi. Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida Gʻarbiy va Markaziy Yevropada 15-asrdan boshlab notekis rivojlandi, individual inson obrazi va uning muhitiga boʻlgan katta qiziqish diqqatga sazovor. 15-asr niderland rassomlari Ya. Van Epk va X. van der Gus, keyinchalik boshqa rassomlar oddiy odamlarni tasvirlashga katta eʼtibor berdi. 16-asr 2yarmi rassomlari (P. Breygel Katta) ijodida demokratik anʼanalar yorqin namoyon boʻldi. Germaniyada keskin siyosiy va gʻoyaviy kurashlar davrida oʻtkir ijtimoiy xususiyatga ega bulgan grafika va rangtasvir keng tarqaldi (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina va boshqalar). Fransiyada oʻta uygunlashgan dunyoviy mazmundagi Uygʻonish davri rivojlandi, psixologik portretlar va monumental bezak haykaltaroshligi tarqaldi (rassom F. Klue, J. Fuke, haykaltarosh J. Gujon, J. Pilon va boshqalar). Uygʻonish davriga xos xususiyatlar Ispaniya, Chexiya, Polsha va boshqa mamlakatlarda ham namoyon boʻldi. Uygʻonish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va gʻoyaviy hayotida katta ijobiy rol oʻynadi, bu davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi. Sharqda ham, Gʻarbda ham Uygʻonish davri insoniyat taraqqiyotining benazir davridir. Uygʻonish davrining koʻp gʻoyalarini 18-asr maʼrifatparvarlik vakillari meros qilib oldi. Uygʻonish davri ijodkorlarining ilmiy va adabiy asarlari hozirda ham maʼnaviyatimiz yuksalishiga xizmat qilib kelmoqda. Download 117.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling