Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Shakl:Guruhlarda va yakka tartibda ishlash


Download 0.64 Mb.
bet10/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Shakl:Guruhlarda va yakka tartibda ishlash:

Usul: Bingo ”Aqliy hujum”,Og`zaki so`rov, savol-javob, debat, 7 qadam, klaster.

Jihoz:Dunyo va O`zbekiston siyosiy xaritasi, tarqatma manbalar, doska va bo`r

Dars bayoni

O`tilgan mavzu takrorlanadi:

1.Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosatiga sabab nima?

2.Ispaniya va Markaziy va janubiy Amerikani qay tariqa mustamlakaga aylantirdi?

3.Dengiz savdo yo`llari Angliya Ispaniya raqobati qanday natija bilan tugadi?

4.”Ost Indiya” kompaniyasi haqida nimalarni bilasiz?

Yangi mavzuning tayanch tushunchalari:

Burjuaziya,Yangi dvoryanlar, Yollanma ishchilar, Jahon savdosi, Kompaniyalar, Manufaktura ishlab chiqarish.

Reja:

1.Aholi tarkibidagi o`zgarishlar.

2.Savdoning rivojlanishi

3.Jahon savdosi

4.Manufaktura ishlab chiqarishi

5.Qurolsozlikdagi ixtirolar.

Yangi davr boshlarida G`arbiy Yevropa mamlakatlarida ruhoniylar va dvoryanlar jamiyatning hukmron tabaqalari bo`lib qolaveradilar. Dvoryanlar tarkibida o`zgarish yuz beradi. Endilikda ular ichida savdo-sotiq va tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchilar ham shakllanadi. Dvoryanlarning ayrimlari savdo kompaniyalarining aksiyadorlariga aylanadilar.. Ayrimlari esa hukumatdan turli soliq yig`imlarini yig`ib olish huquqini sotib oladilar.. Dvoryanlarning katta qismi endi ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanadilar.. Ular o`z qo`rg`onlarida sanoat korxonalari tashkil etganlar va savdo-sotiq ishlari bilan shug`ullanganlar.

Bunday dvoryanlar yangi dvoryanlar deb atalgan.

XVII asr o`rtalariga kelganda savdogar (negosiant) va bankirlar burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylandilar. Jamiyat rivoji bilan yollanib ishlovchilar qatlami ham shakllanib bordi. XVI-XVII asrlarda butun aholining 88 foizini dehqonlar tashkil etardi. Ayni paytda aholi soni ko`paydi. Yevropa aholisi 1650-yilda 100 mln atrofida edi. XVI-XVII asrlarda savdo va tadbirkorlikning markazi bo`lgan shaharlarning o`sishi davom etdi. Ilgari savdi haftada bir yoki ikki kun bo`lar edi. Endi shaharlarning o`sib borishi bilan bozorlar har kuni ishlay boshlaydi. XVII asrda usti yopiq bozorlar qurilishi avj oladi.Bunday bozorlarning eng yirigi Parij va London shaharlarida qurilgan. O`sha davr manbalarida “Do`konlar dunyoni egalladilar.Ular shaharlarni yutib yubormoqdalar”- degan ibora yozilgan.

Gollandiya va Angliya jahon savdo-sotig`ining markazlariga aylandi.Dengiz osha savdo qilish ingliz savdogarlarini ham kompaniyalarga birlashishga majbur etgan.

Qurolsozlikda artilleriyaning yangi turi-mortira ixtiro qilinadi. XVI asr o`rtalarida qo`lda o`q otadigan mushket deb ataladigan miltiq ixtiro qilindi. XVII asrning birinchi yarmida miltiqqa qo`ndoq, to`pponcha, qo`l granatasi yasash boshlandi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling