Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Dars bayoni O`tilgan mavzuni takrorlash


Download 0.64 Mb.
bet13/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Dars bayoni

O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.Yangi davrda aholi tarkibida qanday o`zgarishlar yuz berdi?

2.Yangi dvoryanlar kimlar va ular avvalgi dvoryanlardan qaysi jihatlari bilan farq qilgan?

3.Qanday omillar jahon savdosining rivojlanishiga sabab bo`lgan?

4.Manufaktura ishlab chiqarish borasida qanday o`zgarishlar yuz bergan?

5. Qurolsozlik ixtirolari haqida nimalarni bilasiz?



Yangi mavzu rejasi:

1.Reformatsiya haqida

2.Katolik cherkovining mavqei haqida.

3.Reformatsiyaning shart-sharoiti

4.Marten Lyuterning faoliyati

5.Reformatsiyaga qarshi kurash

M.Lyuterning katolik ta`limotiga kiritgan islohlari natijasida

vujudga kelgan ta`limotuning nomi bilan Lyuterchilik deb ataldi.”Lyuterchilik” va “protestantlik” atamalari amalda bir xil ma`noni anglatadi.

Reformatsiya-XVI asrda katolik cherkovi ta`limotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bo`lib o`tgan va XVII asrning birinchi yarmida G`arbiy Yevropaning qator davlatlariga ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir. Bu harakat oqibatida katolik cherkovida bo`linish yuz berdi. Zamon ruhiga mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan xoli, isloh qilingan yangi oqim-protestantlik vujudga keldi.

XVI asr boshlarida Rim katolik cherkoviga oddiy dehqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o`z daromadining 1/10 qismini cherkovga tortiq qilgan. Ayni paytda cherkovning o`zi ham katta yer-mulk egasi edi. Bundan tashqari indulgensiya savdosi ham cherkovga katta daromad keltiradi.

XVI asrda Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Davlat mayda-mayda knyazliklarga bo`linib ketgan edi. Shu sababli Germaniya imperatori amalda real hokimiyatga ega bo`lmagan. Aholi ham Germaniya hukmdori ham cherkovga soliq to`lardi.Germaniya imperatorini saylab qo`yadigan 7 nafar eng qudratli knyazning 3 nafari arxiyepiskoplar edi. Rim cherkovi o`z daromadining katta qismini Germaniyadan olgan.

Reformatsiya 1517-yilda Germaniya aholisining katolik cherkovini isloh (reforma) qilishni talab qilib chiqishidan boshlandi. Vittenberg universitetining ilohiytodan dars beruvchi professori Marten Lyuter 1517 yil cherkov eshigiga o`zining dindorlarga qarshi yozgan mashhur “95 tezis” deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qo`ydi. Xitobnomada indulgensiya savdosi qattiq qoralangan. Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramogidan ozod etish talab etilgan, cherkovning esa “kam chiqim cherkov” bo`lishi yoqlangan edi. Marten Lyuterning “95 tezis”i butun Germaniyani to`lqinlantirib yubordi.

Konrtreformatsiya. Katolik cherkovi Uyg’onish va reformatsiyada o’z aksini topgan diniy norozilik bilan kelisha olmadi.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling