Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Tabiat fanlari sohasidagi buyuk o'zgarishlar


Download 0.64 Mb.
bet16/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Tabiat fanlari sohasidagi buyuk o'zgarishlar. XVI-XVII asrlarda ilm-fan taraqqiyotida katta yutuqlarga erishildi. Bu davrda fizika va astronomiya fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo 'shgan buyuk

olimlar Nikolay Kopernik (1473-1543), Jordano Bruno (1548-1600) va Galileo Galiley (1564—1642)lar yashab ijod qildilar. Nikolay Kopernik o 'z davri uchun har tomonlama chuqur bilim oldi. Krakov (Polsha) va Italiya universitetlarida o'qidi. Tasviriy san'at, matematika, falsafa, huquqshunoslik va tibbiyot kabi fanlarni o'rgandi. Maxsus moslamalar yordamida 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatdi.

N. Kopernik o 'z tadqiqotlariga suyanib, ming yillardan beri davom etib kelayotgan Yerning harakatsizligi haqidagi ta'limotdan voz kechdi. Yerning Quyosh vao'z o'qiatrofida aylanishini isbotlab berdi. Bu xulosa o'sha davr fanidagi haqiqiy buyuk kashfiyot edi. Ayni paytda u cherkov aqidalariga mutlaqo zid xulosa ham edi. U o 'z xulosalarini 1543- yilda chop etilgan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» deb atagan kitobida bayon etdi. N. Kopemikning xulosalari cherkovni g'azablantirdi. Kitob chop etilgan davrdau o'limto'shagidayotardi. Faqato'limginauni inkvizitsiyadan asrab qoldi. Keyinchalik, 1616- yilda cherkov Kopernik ta'limotini rasman taqiqladi..Jordano Bruno. 1600- yil 17- fevral kuni Rim shahrida erkinlik va hurfikrlik dushmani inkvizitsiya hukmi bilan italiyalik faylasuf, astronom va shoir Jordano Bruno gulxanda kuydirilib o'ldirildi.

Xo'sh, nega shunday bo'ldi? Jordano Bruno dunyoqarashiga ko'ra, panteizm tarafdori edi. Yoshligidan xristian dini asoslari bilan birgalikda N. Kopernik ta'limotini o'rgandi. U turli ta'limotlar bo'yicha o'zining mustaqil fikriga ega shaxs bo'lib voyaga yetdi. Shu tufayli u har qanday ta'limotga tanqidiy ko'z bilan qarardi. Uning qarashlari xristian cherkovi aqidalarini shubha ostiga qo 'ya boshladi.

J. Bruno o'z qarashlarini «Nola falsafasi» deb atadi. Unda olamning cheksMigi to 'g'risidagi ta' limot ilgari surildi. U bunday deb yozgan edi: «01am cheksiz, o'lchovsiz, uning oxiri yo 'q. Olam markazga ega emas. Yer ham, Quyosh ham olamning markazi emas. Olam - son-sanoqsizva har bir yulduz yiroqdagi bir quyoshdir. Ularningharbiriatrofidao'z yo'ldoshlari aylanadi. Olam abadiy mavjud va u yo'q bo'lmaydi». Inkvizitsiya uni gulxanda yoqib o'ldirishga hukm qildi. Keying] avlodunga haykal o'rnatdi. Haykal ostigaesa: «U barcha xalqlar uchun fikr erkinligini talab qildi va shu talabi uchun qatl etildi», deb yozib qo'yildi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling