Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Yangi mavzuni tushuntirish


Download 0.64 Mb.
bet111/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Yangi mavzuni tushuntirish:

XV asr oxirida Eron bir qancha mustaqil hududlarga bo’linib ular o’rtasida ichki kurash avj oldi. Natijada mamlakat zaiflashdi, Bundan Turkiya xavfi tobora ortdi. Eronni yagona davlatga birlashtirgan shaxs Ardebil shahri hukmdori diniy rahnamo Ismoil Safaviydir. U 1500-1501- yillarda katta hududlarni egallab, 1502-yili Tabriz shahrini ishg’ol qilib , o’zini Shahanshoh deb e’lom qildi. Tarixda Safaviylar sulolasiga asos solindi. Davlat poytaxti Tabriz bo’lib, Ismoil Safaviy markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun suyurg’ol yer egaligini bekor qildi. Uning o’rniga tiyulni joriy etdi.Bu tadbir yer egalarining bo’ysunishlariga ta’sir etmadi Abbos I davri (1587-1629) davrida davlat o’z qudratining cho’qqisiga erishdi. U poytaxtni Isfaxonga ko’chiradi. Soliqlar miqdoruini kamaytiradi, savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivojlantiradi, yangi karvonsaroylar qurdiradi. Rossiya, Turkiya,Angliya, Niderlandiya, Fransiya va Venetsiya bilan savdo-sotiqni yo’lga qo’yadi. Yangi sug’orish inshootlari bunyod etilib, ekinzorlar kengaytiriladi. Muntazam qo’shin barpo etadi. Angliya yordamida qo’shinda o’q otuvchi qurol va to’p joriy etadi. Natijada 1602-yilda Eron – Turkiya urushida Eron g’alaba qozonadi. Angliya yordamida Portugaliyani Fors ko’rfazidagi Ormuz orolidan quvib chiqqaradi. Bu yordam evaziga Ost-Indiya kompaniyasi katta imtiyozlarga ega bo’ladi.

XVIII asrdan boshlab Safaviylar davlatida iqtisodiy tushkunik boshlandi. Qo’shimcha soliqlarning joriy etilishi dehqonlarni xonavayron qiladi va o’z yerlarini tashlab ketish bo’shlangan. 1717- yili shoh Sulton Husayn yerni tashlab ketishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Siyosiy tushkunlik Safaviylarda norozilik,markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslik, bosib olindan o’lka xalqlarining ozodlik kurashini kuchaytirdi. 1722-yili Afg’onlar Mir Mahmud boshchiligida Eronga hujum boshlaydilar va Afg’on istilosi boshlanadi. Afg’on qabilasining yetakchisi, lashkarboshi Nodir Quli kurash maydoniga chiqadi. 1730-yili Afg’onlarni butunlay tor-mor etib, 1736-yili ozini Eron shohi deb e’lon qiladi Natijada Safa-

viylar sulolasi butunlay barham topadi Nodirshohning orzusi uzoq davom etmadi. 1747 – yili Nodirshoh o’ldirildi. Uning halokatidan keyin so’ng davlat bir necha qismlarga bo’linib ketdi. 1758-1796- yilgacha Zend qabilasi, 1796-1925 – yilgacha Qojarlar sulolasi hukmronlik qilgan. Mamlakat poytaxti Tehron shahriga ko'chirildi. Qojarlar rahnomasi Og'aMuhammad o'zini shohanshoh deb e'lon qildi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling