Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Yakobinchilarning ichki siyosati


Download 0.64 Mb.
bet45/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Yakobinchilarning ichki siyosati. 1793-yilda Fransiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Feodal to’lovlar butunlay bekor qilindi. Dehqonlar endilikda o’z yerlarining ozod egalariga aylandilar. Feodallarning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar yoqib yuborildi. Chetellarga qochib ketgan dvoryanlarning yerlari mayda bo’laklarga bo’linib sotildi. Cherkov davlatdan ajratildi. Birinchi iste’mol buyum­lariga qat’iy narxlar o’rnatildi. Biroq bu tadbir kutilmaganda aks sado berdi. Savdogarlar hukumat belgilagan narxda tovarlarini sotmay qo’ydi. Endi ular yashirincha savdo qilishga o’tdilar. Oqibatda narx-­navo ko’tarilib ketdi. Hukumat ish haqining eng yuqori darajasini ham belgilab qo’ydi. Biroq bu tadbir yaxshilikka olib kelmadi. Natijada ishchilarning ish tashlashi boshlandi. Hukumat esa uni shafqatsizlik bilan bostirdi. Chetel bosqinchilarining hujumi va birinchi iste’mol mahsulotlarining yetishmasligi sharoitida ahvolning g’oyatda og’irlashuvi yakobinchilarni diktatura o’rnatishga majbur etdi. Konvent «Shubhali kishilar to’g’risida» qonun qabul qildi. Bu qonun, yakobinchilar fikricha, «shubhali» deb hisoblan­gan barcha kishilarni to tinchlik o’rnatilgunicha qamoqqa olish va saqlashni ko’zda tutardi. Aslida yakobinchilar o’z raqiblaridan terror yo’li bilan qutilmoqchi edi. Buning tasdig’i o’laroq, Konventdagi barcha jirondachi-deputatlar qamoqqa olindi va qatl qilindi. Mamlakat ichkarisidagi isyonlar ham o’ta rahmsizlik bilan bostirildi. Yakobinchilarning shafqatsizligi chegarasiz, ayovsiz va ma’nosiz edi. Yakobinchilar, ayni paytda, qo’shinini mustahkamlash choralarini ko’rdilar. Bu tez orada o’z samarasini berdi. 1794-yilda bosqinchilar mamlakat hududidan surib chiqarildi. Bu ozodlik urushlarida ­kapitan Napoleon Bonapart shuhrat qozondi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling