Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Download 0.64 Mb.
bet46/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Yakobinchilar partiyasi. Yakobinchilar ichida ichki siyosat borasida yagona birlik yo’q edi. Ular aslida turli guruhlarga bo’linib ketgan edilar. Yakobinchilarni birlashtirib turgan omil-bu chet el bosqinchilariga qarshi kurash va mamlakat ichkarisidagi isyonlarni bostirish zarurati edi, xolos. Bu ikki xavf bartaraf etilgach, guruhlar o’rtasida kurash boshlanib ketdi. Eber va Shommet rahbarligidagi yakobinchilar «hech kim boy ham, hech kim o’ta kambag’al ham bo’lmaydigan, hamma barcha narsaga yetarlicha ega bo’lishini ta’minlaydigan» jamiyat tarafdori edilar. 1794-yilda M. Robespyer tarafdorlari ularni qamoqqa oldilar va o’lim jazosiga hukm etdilar. M. Robespyer tarafdorlari yakobinchilarning Danton boshchiligidagi «shafqatlilar» guru­hini ham xavfli deb hisoblaganlar. Danton mamlakatda faoliyat ko’rsa­tayotgan partiyalarning o’zaro murosasi tarafdori edi. U barcha partiyadagi yaxshi niyatli kishilarning ittifoqini tuzish yo’li bilan o’zaro ziddiyatlarni bartaraf qilishni taklif etdi. Danton inqilobiy diktaturani to’xtatishni, konstitutsiyaviy tartibga qaytishni, terrordan voz kechishni talab qila boshladi. M. Robespyer guruhi Danton talablarini rad etdi. 1794 yilning mart oyida Danton hamda uning tarafdorlari qamoqqa olindilar va qatl etildilar. Mamlakatda o’rnatilgan terror siyosati dahshatlari hammaning tinka-madorini quritdi. Bu esa, Robespyerning obro’sini tushirib yubordi. M.Robespyer siyosiy kurashda qonli usul orqali raqiblarini yo’qotish bilan o’z halokatini ham tayyorlab bordi. Xalq qonli boshqaruvga asoslangan respublikani yomon ko’rib qoldi. Endi Robespyerning barcha dushmanlari yagona ittifoqqa birlashdilar.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling