Mustaqillik uchun urushning boshlanishi. 1774- yilda 13 shtat vakillaii Filadelfiya shahiida I Kontinental Kongressga yig'ilishdi. Kongress met- w ropoliyaning majbur etuvchi qonunlariga itoat etish majburiy emasligi haqida qaror qabul qildi. Qirol hukumati mustamlaka 13- rasm. Joij Vashington. shtatlarhukumatlari bilan kclishuv yo'lini izlash o'miga mustamlakalarni taslim etish siyosatini yuritdi va 1775- yilning aprelida qirol qo 'shinlari ularga qarshi urush harakatlarini bosh- ladi. Shunday sharoitda Filadelfiya shahrida II Kontinental Kongress chaqirildi. Kongress qatnashehilari urush boshlashga ovoz berdilar va virginiyalikpolkovnik Jorj Vashingtonni (1732-1799) Amerika Qurolli Kuchlarining Bosh qo'mondoni etib tayinladilar. Shu tariqa mustaqillik uchun urush boshlandi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi. 1776- yilda Kongress Buyuk Britaniyadan ajralishga va mustaqil davlat tuzishga chaqinivchi qaror qabul qildi. Bu qaromi rasman e' Ion qiluvchi Bayonotnoma ham tayyorlandi. 1776- yilning 4- iyulida e'lon qilingan bu hujjat «Mustaqillik Deklaratsiyasi» deb ataldi. Deklaratsiya yangi davlat - Amerika Qo'shma Shtatlarining tuzilganligini butun dunyoga ma'lum qildi. 1776- yildan 4- iyul Amerika Qo'shma Shtatlarining Mustaqillik kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |