Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Download 0.64 Mb.
bet72/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Urushning tugallanishi. 1782-yilda Amerika va Fransiya qo’shinlari inglizlarning asosiy kuchlarini taslim etdi. Natijada qirol hukumati muzokaralar boshlashga majbur bo’ldi. Shu tariqa urush tugadi. Tinchlik muzokaralari Parij shahrida o’tkazildi. Nihoyat, 1783-yilning 3-sentabrida AQSH va Buyuk Britaniya o’rtasida tinchlik shartnomasi irnzolandi. Shartnomaga ko’ra, Buyuk Britaniya AQSH davlatining tuzilganligini, uning mustaqilligini, suverenitetini tan oldi. AQSH Konstitutsiyasining qabul qilinishi. 1787-yili Filadelfiya shahrida mamlakat shtatlari vakillarining Ta’sis Konventi chaqirildi. Uning ishida barcha shtatlardan saylangan 55 nafar vakil qatnashdi. Ular AQSH Konstitutsiyasini tayyorlash ishini nihoyasiga yetkazishlari lozim edi. Shunday bo’ldi ham.. Va nihoyat, 1787-yilda AQSH Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Davlat tuzumi. Konstitutsiya AQSHda respublika tuzumini o’rnatdi. Ijro etuvchi hokimiyatni 4 yil muddatga saylanadigan Prezident boshqaradigan bo’ldi. Prezident keng vakolatlarga (armiya va flotning Oliy bosh qo’mondoni, xalqaro shartnomalar tuzish, barcha vazirlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qihsh va hokazo) ega bo’ldi. 1789-yilda Jorj Vashington AQSHning birinchi Prezidenti etib saylandi. Oliy Qonun chiqaruvchi hokimiyatning ikki palatali Kongress tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Yuqori palata “Senat”, quyi palata esa “Vakillar palatasi" deb ataldi. Senatga har bir shtatdan ikki kishi, Vakillar palatasiga esa deputatlar shtatlar aholisining soniga mos ravishda saylanardi. Oliy Sudga katta vakolatlar berildi. Ulardan biri AQSH qonunlarining va Prezident farmonlarining Konsitutsiyaga mos kelishini nazofat qilib borish ekanligi ham belgilab qo’yildi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling