II. Yangi mavzu bayoni
Aziz o`quvchilar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o`zlarining “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarlarida “O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”,-deb ta’kidlash bilan birga har qanday inson jahon tarixini, umumbashariy taraqqiyot yo’lini chuqur idrok etishi zarurligini ham uqtirganlar. Darhaqiqat mustaqillik sharofati bilan biz jahon tarixini haqqoniy o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Siz aziz o’quvchilarga jahon tarixini o’rganishdek qizizqarli va murakkab faoliyatda qunt va zukkolik hamrohingiz bo’lishini tilayman.
Siz VII sinf “Jahon tarixi” darsligi orqali xorij davlatlarining V-XV asrlar tarixini o’rgangan edingiz. Ayni paytda bu asarlarning “O’rta asrlar ” deb atalishini ham bilib oldingiz.
Qo’lingizdagi VIII sinf “Jahon tarixi” darsligi Sizni xorij davlatlarining XVI-XIX asri 60-yillari tarixi bilan tanishtiradi. Olimlar insoniyatning XVI asrdan boshlanadigan tarixiga “Yangi tarix” deb nom berishgan. Xo’sh nega? Buning sababi shuki, XVI asr insoniyat tarixidagi yangi jamiyat – kapitalizm deb atalgan jamiyatga asos soldi.
Bu jamiyatning dastlab G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada qaror topa borish jarayoni XVI-XIX asrlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |