Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1
Download 0.64 Mb.
|
8 jahon 2019 yana
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodda tuting!
- Bingo mashqi”
Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu mazmunining tayanch tushunchalari: Geografik kashfiyot. Buyuk geografik kashfiyotlar. Amerikaning kashf etilishi. Buyuk geografik kashfiyotlarning tarixiy ahamiyati. Reja: 1. “Buyuk geografik kashfiyotlar” atamasi haqida. 2. Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi. 3. Amerikaning kashf etilishi. 4. Kashfiyotlarning tarixiy ahamiyati.
1492-yil 12 oktabr Amerika qit`asining rasman kashf etilgan hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri-XVII asr o`rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma`lum bo`lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir. Geografik kashfiyotlarning uchta asosiy sabablari quyidagilardir: Birinchidan , XV asr oxiri-XVI asr boshlariga kelganda Yevropada Tovar ishlab chiqarish yuqori sur`atlarda o`sa boshladi. Bu esa xomashyoga bo`lgan talabni oshira yubordi. Yevropaning o`zida xomashyo kam bo`lganligi uchun uni faqat boshqa o`lkalardan olib kelish zaruratga aylandi. Ikkinchidan, yangi davr hukmron tabaqalarining boylikka, pulga bo`lgan ehtiyojini yanada orttirib yubordi. Endi ularning ongini o`zga yurtlarning oltin-kumushlari va boshqa qimmatbaho boyliklarini egallab olish ishtiyoqi chulg`ab oldi. Uchinchidan, quruqlikdan va O`rta Yer dengizidan o`tadigan savdo yo`llari, shu jumladan, Buyuk ipak yo`li ham xavfli bo`lib qoldi. Bu yo`llar ustidan nazorat Yevropa mamlakatlarining asosiy raqibi Usmonli turklar saltanati qo`liga otib ketdi. Binobarin endi yevropaliklar oldida yangi dengiz yo`llarini ochish tarixiy zaruratga aylandi.Dengiz savdo yo`llarini ochishga imkon beruvchi zamonaviy kemalar va harbiy qurollar mavjud edi. Bundan tashqari , dengizda kompasdan foydalanish,astrolabiya ixtiro qilingani ham katta ahamiyatga ega bo`ldi. 1515-yildan Yangi Dunyo “Amerika” deb atalgan birinchi globus Germaniyada yaratildi. 1569-yilda xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar qit`a “Amerika” deb yoziladigan bo`ldi. 1498-yilda Atlantika okeani orqali Hindistohga boriladigan dengiz yo`li kashf etildi. Portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama bu sayohatni amalga oshiradi. 1519-yilda yana bir portugaliyalik dengizchi F.Magellan Amerika qit`asini aylanib o`tib Hindistonga boradigan dengiz yo`lini ochdi. 1522-yil dunyoni aylanibsuzish nihoyasiga yetdi. 1605-yilda L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiya Avstraliyani kashf etdi. Buyuk geografik kashfiyotlar ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Uning natijasida geografiya, tarix, etnografiya va okeanshunoslik fanlari yangi ma`lumotlar bilan boyidi. Yangi dengiz savdo yo`llari ochildi. Bu yo`llar O`rta yer dengizidan Atlantika okeaniga o`tdi, bu esa o`z navbatida jahon savdosini vujudga keltirdi. “Bingo mashqi”
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling