Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1
Shakl:Guruhlarda va yakka tartibda ishlash
Download 0.64 Mb.
|
8 jahon 2019 yana
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuning tayanch tushunchalari: Burjuaziya,Yangi dvoryanlar, Yollanma ishchilar, Jahon savdosi, Kompaniyalar, Manufaktura ishlab chiqarish
Shakl:Guruhlarda va yakka tartibda ishlash:
Usul: Bingo ”Aqliy hujum”,Og`zaki so`rov, savol-javob, debat, 7 qadam, klaster. Jihoz:Dunyo va O`zbekiston siyosiy xaritasi, tarqatma manbalar, doska va bo`r Dars bayoni O`tilgan mavzu takrorlanadi: 1.Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosatiga sabab nima? 2.Ispaniya va Markaziy va janubiy Amerikani qay tariqa mustamlakaga aylantirdi? 3.Dengiz savdo yo`llari Angliya Ispaniya raqobati qanday natija bilan tugadi? 4.”Ost Indiya” kompaniyasi haqida nimalarni bilasiz?
1.Aholi tarkibidagi o`zgarishlar. 2.Savdoning rivojlanishi 3.Jahon savdosi 4.Manufaktura ishlab chiqarishi 5.Qurolsozlikdagi ixtirolar. Yangi davr boshlarida G`arbiy Yevropa mamlakatlarida ruhoniylar va dvoryanlar jamiyatning hukmron tabaqalari bo`lib qolaveradilar. Dvoryanlar tarkibida o`zgarish yuz beradi. Endilikda ular ichida savdo-sotiq va tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchilar ham shakllanadi. Dvoryanlarning ayrimlari savdo kompaniyalarining aksiyadorlariga aylanadilar.. Ayrimlari esa hukumatdan turli soliq yig`imlarini yig`ib olish huquqini sotib oladilar.. Dvoryanlarning katta qismi endi ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanadilar.. Ular o`z qo`rg`onlarida sanoat korxonalari tashkil etganlar va savdo-sotiq ishlari bilan shug`ullanganlar. Bunday dvoryanlar yangi dvoryanlar deb atalgan. XVII asr o`rtalariga kelganda savdogar (negosiant) va bankirlar burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylandilar. Jamiyat rivoji bilan yollanib ishlovchilar qatlami ham shakllanib bordi. XVI-XVII asrlarda butun aholining 88 foizini dehqonlar tashkil etardi. Ayni paytda aholi soni ko`paydi. Yevropa aholisi 1650-yilda 100 mln atrofida edi. XVI-XVII asrlarda savdo va tadbirkorlikning markazi bo`lgan shaharlarning o`sishi davom etdi. Ilgari savdi haftada bir yoki ikki kun bo`lar edi. Endi shaharlarning o`sib borishi bilan bozorlar har kuni ishlay boshlaydi. XVII asrda usti yopiq bozorlar qurilishi avj oladi.Bunday bozorlarning eng yirigi Parij va London shaharlarida qurilgan. O`sha davr manbalarida “Do`konlar dunyoni egalladilar.Ular shaharlarni yutib yubormoqdalar”- degan ibora yozilgan. Gollandiya va Angliya jahon savdo-sotig`ining markazlariga aylandi.Dengiz osha savdo qilish ingliz savdogarlarini ham kompaniyalarga birlashishga majbur etgan. Qurolsozlikda artilleriyaning yangi turi-mortira ixtiro qilinadi. XVI asr o`rtalarida qo`lda o`q otadigan mushket deb ataladigan miltiq ixtiro qilindi. XVII asrning birinchi yarmida miltiqqa qo`ndoq, to`pponcha, qo`l granatasi yasash boshlandi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling