Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 0.64 Mb.
bet92/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

1. Hindiston hukmdori Akbarshoh nechanchi yilllar hukmronlik qilgan?

A) 1540-1603-yillar B) 1542-1605-yillar C) 1538-1598-yillar D) 1556-1605-yillar

2. “Akbar Hindiston tarixidagina emas, balki jahon tarixida ham eng buyuk shohdir. Agar yevropalik hukmdorlar bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, Akbar ulug‘vorlikda ham, omadlilikda ham ulardan ustun turadi”, ushbu fikrlar kimga tegishli? A) Javohirlal Neru B) Indira Gandi C) Ishvari Prasad D) Shayx Kamoliddin

3. Hindistonda qaysi hukmdor davrida “jizya” solig‘i bekor qilingan edi?

A) Mirzo Bobur B) Humoyun C) Akbarshoh D) Shoh Jahon

4. Hindiston hukmdori Akbarshoh nechanchi yilda afg‘onlarning Sur sulolasini butunlay mag‘lubiyatga uchratgan edi? A) 1559-yil B) 1567-yil C) 1556-yil D) 1603-yil

5. O‘z davlatida yuritgan adolatli siyosati evaziga qaysi hukmdor “Xalq hukmdori” degan nom olgan edi?


A) Oda Nobinaga B) Akbarshoh C) Shoh Abbos I D) Yosimune

6. Hindistondagi Boburiylar imperiyasi o‘z qudratining cho‘qqisiga qaysi hukmdor davrida ko‘tarilgan?

A) Akbarshoh B) Bobur C) Shoh Jahon D) Avrangzeb

7. Hindistonda Avrangzeb davrida amalga oshirilgan tadbirlarni aniqlang.

1) U o‘zini shoh deb e’lon qildi; 2) imperiya hududi yanada kengaydi; 3) musulmon bo‘lmagan fuqarolarni islom diniga o‘tkazish uchun hech narsadan qaytmadi 4) hindlar qaytadan “jizya” solig‘ini to‘lashga majbur etildi; 5) hindlarning muqaddas ziyoratgohlarga boruvchilaridan ham soliq olinadigan bo‘ldi; 6) musulmon savdogarlari soliqdan ozod qilingani holda, hind savdogarlariga tovarning besh foizi miqdorida soliq joriy etildi; 7) soliq yig‘uvchi idoralardagi mansabdor hindlar asta-sekinlik bilan lavozimlaridan bo‘shatila boshlandi; 8) imperiya hududida yagona savdo solig‘i joriy etilgan.

A) 1, 4, 6, 8 B) 2, 5, 6, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) barchasi to‘g‘ri

8. Hindistonda Akbarshoh davrida amalga oshirilgan tadbirlarni aniqlang.

1) taxt uchun boburiylarga qarshi kurashning yetakchi kuchlari – afg‘onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib tashlandi; 2) hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan; 3) imperiya hududida yagona savdo solig‘i joriy etilgan; 4) musulmon bo‘lmagan fuqarolarni islom diniga o‘tkazish uchun harakat qildi; 5) ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undirilgan; 6) soliq yig‘uvchi idoralardagi mansabdor hindlar asta-sekinlik bilan lavozimlaridan bo‘shatila boshlandi; 7) davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va mazhabidan qat`iy nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan; 8) hindlar qaytadan “jizya” solig‘ini to‘lashga majbur etildi

A) 1, 2, 3, 5, 7 B) 1, 2, 4, 6, 8 C) 2, 3, 5, 6, 8 D) 3, 4, 5, 7, 8

9. Musulmon savdogarlari soliqdan ozod qilingani holda, hind savdogarlariga tovarning besh foizi miqdorida soliq joriy etgan hukmdorni aniqlang.

A) Bobur B) Akbar C) Shoh Jahon D) Avrangzeb



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling