Musiqali-sensor qobiliyatni o‘stiruvchi mashqlar qo‘yilgan didaktik vazifalarga muvofiq tarzda guruhlashtiriladi. - Musiqali-sensor qobiliyatni o‘stiruvchi mashqlar qo‘yilgan didaktik vazifalarga muvofiq tarzda guruhlashtiriladi.
- Tovushning yo‘g‘on-ingichkaligini farqlash topshiriqlari. Ikki yoshdagi bolalar uchun yo‘g‘on-ingichkaligi har xil bo‘lgan tovushlarni farqlash bo‘yicha birinchi topshiriq sifatida ovozli o‘yinchoqlar: katta va kichik xo‘roz, mushuk va mushukcha, katta-kichik ayiq, qo‘g‘irchoqlar va shu kabilar qo‘llaniladi. Bola ikki yoshga to‘lish arafasida va uch yoshda bu topshiriq bolalar musiqa asboblarini qo‘llash vositasida bajariladi. Bolalar katta va kichik baraban, doira, (har xil rangli), qo‘ng‘iroqchalarning yo‘g‘on va ingichka tovush chiqarishini tinglaydilar hamda farqlaydilar. Bunda metallofondan ham foydalaniladi. Bolalarga tovushlar chalib beriladi hamda ayni vaqtda katta yoki kichik qushcha tasvirlangan rasm yoki mos keluvchi qo‘g‘irchoqlar ko‘rsatiladi. Bu tovushlar takror eshittirilganda bolalar rasm yoki o‘yinchoqni ko‘rsatib, «qaysi qushcha sayrayotganligi»ni bilib oladilar.
Uch-to‘rt yoshdagi bolalar kontrast tovushlarni faqat farqlabgina qolmay, balki o‘zlari ham qayta ifodalay oladilar. «Kimning uyi?» musiqali-didaktik o‘yinida bola mushuk yoki uning bolasining miyovlashiga yo‘g‘on yoki ingichka tovush bilan taqlid qiladi. - Uch-to‘rt yoshdagi bolalar kontrast tovushlarni faqat farqlabgina qolmay, balki o‘zlari ham qayta ifodalay oladilar. «Kimning uyi?» musiqali-didaktik o‘yinida bola mushuk yoki uning bolasining miyovlashiga yo‘g‘on yoki ingichka tovush bilan taqlid qiladi.
- Tovush cho‘ziqligini farqlash topshirig‘i. Bu topshiriqlar ham oldingilari singari bolalar tomonidan biror obrazli harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli cho‘ziqlikdagi tovushlarni idrok qilish va qayta aytib berish asosida tuziladi. Masalan, doirani ora-sira chalish — «ayiq kelyapti», tez-tez chalish «quyonchalar sakrayapti» o‘yin obrazlarini anglatishi mumkin. Ikki yoshli bolalar pedagogning doira, barabanni har ritmda urib, o‘yinchoqlar bilan harakat qilishini kuzatadilar, xolos. Uch yoshda o‘yin obrazi bilan bog‘liq bo‘lgan: «mushuk kelyapti», «mushuk chopyapti» kontrastini bir tekis ritmda doira, barabanga mustaqil urib mashq qildirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |