Fan: Mehnat ta’limi (o‘g‘il bolalar)


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi


Download 481 Kb.
bet5/6
Sana23.12.2022
Hajmi481 Kb.
#1047530
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YOSH DURADGOR TO\'GARAK 5-6-7-SINF 2022-2023 YIL 2

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o ‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish, shaxsiy gigiyena va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Simlardan yasaladigan detallar:
Ko‘ndalang kesimi diametri 8 mm gacha bo‘lgan uzun metall o‘zaklarni simlar deb ataladi. Simlar odatda po‘lat, mis, alyuminiy, latun va boshqa metallardan yasaladi. Zavodlar odatda simlarni rulonlab ishlab chiqaradi. Keyin ulardan kerakli zagotovkalar o‘tkir jag‘li ombur bilan kesib olinadi. Kesib olingan sim bo‘lagini ishlatishdan oldin to‘g‘rilash lozim. Yumshoq simlarni plita ustida qo‘yib bolg‘a bilan engil zarbalar berish orqali, simning qayrilgan qismini ombur bilan tutib, qattiq qisgan holda yoki tiskiga metall sterjen o‘rnatib, tayoqchalarga o‘ralgan simni undan tortib o‘tkazish orqali to‘g‘rilash mumkin. Simdan turli shakllar yasash uchun u yassi jag‘li omburlar bilan qisiladi va kerakli burchak ostida bukiladi. Qiyshiq chiziq shaklidagi murakkab detallar esa dumaloq jag‘li omburlar bilan yasaladi. Halqa shaklidagi buyumlarni yasashda silindrsimon opravkalardan foydalaniladi. Spiral o‘ramlari dumalok o‘zaklarga o‘raladi, bunda mazkur o‘zaklar simning uchi bilan birga tiskiga maxkamlab o‘rnatiladi. Simni o‘zak atrofidan aylantirib qattiq o‘rash orqali o‘ramlar hosil qilish mumkin. Yasalgan spiralni yassi jag‘li ombur bilan kesilsa, o‘ramlar alohida-alohida halqalar bo‘ladi. Halqalardan zanjir tayyorlash, pardalarni osishda foydalanish mumkin. Ko‘ndalang kesimining diametri 2 mm gacha bo‘lgan simlardan boshqotirgichlar tayyorlasa bo‘ladi. Simi o‘zak va taxtacha bilan to‘g‘rilashda uning uchlarini yog‘ochlarga mahkam bog‘lash shart. Simning o‘tkir uchlarini egov bilan tozalash kerak.


  1. Download 481 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling