Bizning mamlakatimizda hozir inflyasiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustahkamlash yuzasidan asosan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda: - -- milliy iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, investitsiya faoliyatining susayib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini taʼminlash;
- — raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni takomillashtirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- — xalq isteʼmoli tovarlari tayyorlovchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlari tarkibini o‘zgartirish va zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
- — tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘batlantirish;
- — soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy eʼtiborni soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;
- — davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- — pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga muvofiq o‘zgartirib turish;
- — tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag‘batlantirish;
- — erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish;
- — davlat budjeti taqchilligini noinflyasion yo‘llar bilan qisqartirish;
Albatta, yuqorida taʼkidlab o‘tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash uchun maʼlum vaqt kerak. Eng muhimi, oqilona yo‘lga qo‘yilgan antiinflyasion siyosat pirovard natijada milliy pul birligi mustahkamlanishiga va pul tizimi barqarorlashishiga xizmat qiladi. - Albatta, yuqorida taʼkidlab o‘tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash uchun maʼlum vaqt kerak. Eng muhimi, oqilona yo‘lga qo‘yilgan antiinflyasion siyosat pirovard natijada milliy pul birligi mustahkamlanishiga va pul tizimi barqarorlashishiga xizmat qiladi.
- Isteʼmol bozorini tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish inflyasiyaning oldini olishda muhim rol o‘ynashini qayd etdik.
- Bu maqsadda esa:
- -iqtisodiyotni modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga investitsiyalar miqdorini oshirish;
- -kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantiri;
- -xizmat ko‘rsatish va servis sohasini ustuvor tarzda rivojlantirish;
- -aholining bo‘sh turgan mablag‘larini bank depozitlariga jalb qilish;
- -iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish uchun soliq yukini kamaytirish kabi ustuvor vazifalarni amalaga oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |